36- bob. VALUTA KURSI 36.1. Valuta va jahon valuta tizimi tushunchasi Xalqaro valuta munosabatlari pulning xalqaro to‘lov jarayoniga xizmat qilishi
jarayonida vujudga keladi. U tashqi savdo bilan birga paydo bo‘ldi va rivojlanishning
uzoq yo‘lini bosib o‘tdi. Tarix davomida jahon puli va xalqaro hisob-kitob shakllari
o‘zgardi. Bir vaqtda valuta munosabatlari ahamiyati o‘sdi va ularning nisbatan
mustaqil darajasi oshdi. Tovarlar, xizmatlar, kapitallar va ishchi kuchi harakati
mamlakatdan mamlakatga ko‘chadigan pul massasalari oqimi yordamida amalga
oshadi. Bu harakatni tartibga solish zarurligi xalqaro valuta tizimi va jahon valuta
tizimlarining shakllanishiga olib keldi.
Valuta – keng ma’noda mamlakat pul birligini (masalan, so‘m, dollar, marka, funt-sterling va hokazo) anglatadi. Qisqa ma’noda valuta atamasi chet davlatlarning pul belgisi ma’nosida qo‘llaniladi. Har bir milliy bozor xususiy milliy valuta tizimiga ega. Milliy valuta tizimi bazasida jahon bozori rivojlanishi natijasida tarkib
topadigan va davlatlararo kelishuvlar bilan mustahkamlangan xalqaro valuta
munosabatlarini tashkil qilish shakli bo‘lgan jahon valuta tizimi amal qiladi.
Mamlakatlar o‘rtasida tovar va xizmatlar oqimi ko‘paygani sari pul vositalarini
ayirboshlashi ham tobora oshib boradi, o‘zaro hisob-kitoblardagi nomutanosiblik
muammolari yuzaga keladi. Bularning barchasi jahon valuta tizimining barpo
etilishiga obyektiv shart-sharoitlar yaratadi. Uning maqsadi - mamlakatlar o‘rtasidagi
barcha turdagi bitimlarni amalga oshirishni tartibga solishdan va shuningdek, bu
ishlarni tezlashtirishdan iborat. Shunday qilib,
jahon valuta tizimi - bu, xalqaro ayirboshlashning barcha shakllariga xizmat qilishga va ularning samarali rivojlanashini ta’minlashga qaratilgan mamlakatlar o‘rtasidagi valuta