426
amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari
mavjud:
1.
Zahiralardan foydalanish
. Valuta kursini mustahkamlashning ko‘proq
qo‘llaniladigan usuli - rasmiy zahiralar bilan bozorda manipulyasiya qilish
hisoblanadi. O‘z-o‘zidan aniqki, valuta zahiralari alohida mamlakatlar ixtiyoridagi
chet mamlakatlar valutalarining zahirasidir (Masalan,
AQSh dollari, YEVRO va
h.k.).
2.
Savdo siyosati.
Valuta bozoriga ta’sir ko‘rsatishning boshqa tadbirlariga
savdo va moliyaviy oqimlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilishni kiritish
mumkin. Masalan, AQSh dollarining etishmasligi sharoitida
valuta kursini tegishli
darajada importni cheklash hisobiga ushlab turish mumkin. Xususan import hajmi boj
yoki import kvotalarini kiritish bilan qisqarishi mumkin. Boshqa tomondan mamlakat
hukumati eksport uchun milliy ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berib, shu orqali
xorijiy valuta taklifini ko‘paytirishi mumkin. Bu tadbirlardan foydalanishda vujudga
keladigan
asosiy muammo shundan iboratki, u jahon savdosi hajmini qisqartiradi,
uning tarkibini va savdo aloqalarini o‘zgartirib yuboradi,
iqtisodiy maqsadga
muvofiqlikning buzilishiga hissasini qo‘shadi. Buning oqibatlarini hisobga olmaslik
mumkin emas.
3.
Valuta nazorati
. Boshqa muqobil variant valuta nazorati hisoblanadi.
Valuta nazorati sharoitida hukumat milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el
valutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning etishmasligi muammosini hal qilishi
mumkin. Keyin, hukumat o‘z navbatida chet el valutasining bu zahirasini turli milliy
importyorlar o‘rtasida taqsimlaydi. Shu yo‘l
bilan hukumat milliy importni, milliy
eksport hisobidan olingan chet el valutasi miqdoriga cheklaydi.
Valuta nazorati tizimi bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan,
savdo
cheklashlari (boj, kvota, eksportga subsidiya) kabi valuta nazorati nisbiy ustunlik
tamoiliga asoslangan xalqaro savdoning tarkib topgan aloqalarini buzadi.
Ikkinchidan, etarli bo‘lmagan valuta resurslari ustidan valuta nazorati jarayoni,
so‘zsiz, alohida importyorlarni kamsitilishi bilan bog‘liq.
Uchinchidan, nazorat
tadbirlari iste’molchining tanlash erkinligiga tajovuz qilish hisoblanadi.
4.
Dostları ilə paylaş: