428
Dollarning taklifi (S) kamaysa, so‘mda belgilangan dollarning qiymati oshadi
(ya’ni, dollarda belgilangan so‘mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda
amerikaliklar ko‘proq o‘zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Chunki, so‘mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o‘z navbatida o‘zbek
tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko‘proq o‘zbek tovarlarini
sotib olish imkoni paydo bo‘ladi.
O‘zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSh dollarini valuta bozoriga
olib chiqadi, chunki, o‘zbek tovarlarini sotib olish uchun dollarni so‘mga
almashtirishadi. Dollarga bo‘lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollarning
so‘mdagi qiymatini bildiradi.
Agarda, dollarning so‘mdagi
qiymati oshsa, so‘m qiymatining pasayganligini
yoki qadrsizlanganligini ko‘rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so‘mdagi qiymati
pasaysa, so‘m qiymatining oshganligini yoki so‘mning qimmatlashganligini
ko‘rsatadi. Bir birlik xorijiy valutani sotib olish uchun
kam miqdorda milliy valuta
sarf qilish milliy valutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan
so‘m qadrsizlansa, dollar so‘mga nisbatan qimmatlashadi.
Qayd etilgan valuta kursi – bu, xorijiy valutada ifodalangan, davlat
tomonidan rasmiy o‘rnatilgan milliy pul birligining bahosi bo‘lib, unga valuta
bozorida talab va taklifning o‘zgarishi bevosita ta’sir qilmaydi.
Qayd qilingan valuta kursi tizimi tarafdorlari ta’kidlaydilarki, undan
foydalanish xalqaro savdo va moliya bilan bog‘liq bo‘lgan
tahlika va noaniqlikni
kamaytiradi. Qayd qilingan valuta kurslarini qo‘llash o‘zaro foydali savdo va
moliyaviy operatsiyalar hajmini kengaytirishga olib keladi. Ammo, qayd qilingan
valuta kurslari tizimining hayotga layoqatliligi o‘zaro aloqalar jarayondagi ikki
sharoitga bog‘liq:
-
zahiralarning mavjudligi;
-
o‘z hajmi bo‘yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to‘lov balansi aktivlarining
tasodifiy vujudga kelishi. Katta va doimiy kamyobliklar mamlakat zahiralarini
yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Xulosa
qilib aytganda, valuta kurslarining talab va taklif ta’siri ostida
shakllanish darajasi, o‘z-o‘zicha kurslar o‘rtasidagi nisbatlarga ta’sir etuvchi real
jarayonlarni aniqlab bera olmaydi. Chet el valutalariga talab va taklifga, demak,
valuta kurslariga mamlakatdagi ham ichki va ham tashqi
iqtisodiy munosabatlar
majmui bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.
Valuta kurslarining o‘zgarishiga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ularni
qisqacha qarab chiqamiz:
1.
Iste’molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan o‘zgarishi.
2.
Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o‘zgarishlar.
3.
Bahodagi nisbiy o‘zgarishlar.
4.
Nisbiy real foiz stavkalari. Faraz qilamiz, AQSh inflatsiyani quvib o‘tish
maqsadida « qimmat pul» siyosatini amalga oshira boshlaydi. Natijada, real foiz
stavkalari (inflatsiya sur’atini hisobga olib o‘zgartirilgan (korrektirovka qilingan) foiz
stavkalari) AQShda boshqa mamlakatlar, masalan,
Buyuk Britaniyaga qaraganda
429
ko‘tariladi. Britaniyalik jismoniy shaxs va firmalar ishonch hosil qiladiki, AQSh
moliyaviy vositalarni qo‘yish uchun juda jozibador va qulay joyga aylanadi. Amerika
moliyaviy aktivlariga talabning bu ko‘payishi Angliya funti taklifining kengayganligi
va shu sababli dollar qiymati o‘sganligini bildiradi.
5.
Spekulyasiya.
Dollar kursi pasayishi, funt kursi esa, aksincha ko‘tarilishi to‘g‘risidagi
prognozlar natijasida dollarni ushlab turuvchilar ularni funtga aylantirishga harakat
qiladi va shu bilan funtga bo‘lgan talabni oshiradi.
Bu almashish, dollar kursining
pasayishini va funt kursining oshishini keltirib chiqaradi.
O‘tish davri iqtisodiyotida xorijiy valutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy
Banklarni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Chunki rasmiy valuta zahiralari bir vaqtning
o‘zida ham to‘lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun
etarli bo‘lmasligi mumkin.
Valuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona
yo‘lidir.
Nominal va real valuta kurslari o‘zaro farqlanadi. Nominal valuta kursi
valutalarning almashinuv kursi deyiladi. Yuqorida biz aynan nominal valuta kursi
haqida fikr yuritdik.
Real valuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan
tovarlarning nisbiy
bahosidir
86
.
Real valuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat tovarlariga
almashishi mumkin bo‘lgan nisbatni ko‘rsatadi, shu tufayli u
Dostları ilə paylaş: