221
16.11-rasm. Individual shaxsning mehnati taklifi chizig‘i
Ushbu hol ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida o‘z ifodasini
topgan. Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi. Odatda,
rivojlangan
mamlakatlarda
aholining
o‘rtacha daromadi, rivojlanayotgan
mamlakatlardagi aholining o‘rtacha daromadidan ancha yuqori bo‘lgani uchun, ular
ko‘proq dam olishga harakat qiladi (Daromad samarasi, o‘rnini bosish samarasidan
yuqori). Rivojlanayotgan davlatlarda ish haqi past bo‘lgani uchun, ish haqining
o‘sishi, ishchilarni ko‘proq vaqt ishlab, ko‘proq daromad qilishga undaydi (o‘rnini
bosish samarasi, daromad samarasidan yuqori bo‘ladi).
16.3. Mehnat bozorida monopsoniya bo‘lgan hol
Bunday hol ko‘proq kichik shaharlarda uchraydi. Shaharda yagona ishlab
chiqarish korxonasi bo‘lib, u shahar aholisining asosiy qismini ish bilan ta`minlaydi.
Shaharda boshqa ish joylari kam bo‘lgani uchun, ushbu vaziyat monopsonik
bozor vaziyatiga yaqin bo‘ladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi
kuchini sotib oluvchi yagona korxona bo‘lgani uchun ham u ish haqiga ta’sir qila
oladi. Korxona ishga yollaydigan ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar
o‘rtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini muvozanat darajasidan pastga tushiradi
(16.12-rasm).
Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat holat
E
nuqtada o‘rnatiladi.
E
nuqtada talab va taklif chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatida
e
L
ishchi
e
W
miqdordagi ish haqi bilan ta`minlanadi. Monopsonist har bir birlik mehnat uchun bir
xil ish haqi to‘lagani uchun taklif chizig‘i o‘rtacha xarajat
AC
chizig‘idan iborat
bo‘ladi.
Chekli mehnat xarajatlari chizig‘i
L
MRC
o‘rtacha xarajat chizig‘idan yuqorida
yotadi.
L
MRC
va
L
MRP
chiziqlarini kesishgan nuqtasi monopsonik holatda qancha
ishchi bilan band bo‘lishini aniqlaydi. Bu yerda
L
L
MRC
MRP
monopsonik
muvozanat holati sharti.
Dostları ilə paylaş: