220
Shaxsning bo‘sh vaqti esa
2
0
t
dan
1
0
t
ga o‘sadi. Bo‘sh vaqt qimmatini ortishi,
ish haqi oshganda individual shaxsning mehnat taklifi chizig‘i manfiy yotiqlikka ega
bo‘ladi (16.10-rasm).
16.10-rasm. Ish haqi oshganda ish kunini qisqarish
taklif chizig‘i yotiqligi
Ish haqi o‘sishining dam olish vaqti bilan ishlash vaqti o‘rtasidagi nisbatga
ta’siri.
Odatda ish haqi oshganda, ko‘pchilik ko‘proq ishlab, ko‘proq daromad olishga
harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo‘sh vaqtning ham qimmati oshib boradi.
Inson ma`naviy o‘sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o‘sishi o‘z chegarasiga ega.
Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko‘proq zavq olish uchun, dam
olishga sarflaydilar.
Ish vaqti ma`lum vaqtgacha o‘sgandan keyingi ish haqining o‘sishi, ish vaqtini
qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda o‘rnini bosish samarasi hamda daromad
samarasi mavjud bo‘ladi. O‘rnini bosish samarasida yuqoriroq ish haqi, ishchining real
daromadini oshiradi. Ishchi ko‘p daromad olganda, u ko‘proq ne`matlarni sotib oladi,
ushbu ne`matlardan biri, yaxshi dam olishdir.
Agar ishchi dam olishga ko‘proq mablag‘ sarflasa, daromad samarasi
(daromadning oshishi), uni kamroq ishlashga undaydi. Daromad samarasi juda ham katta
bo‘lganda, ishchi ish vaqtini qisqartiradi va mehnat taklifi chizig‘i pastga yotiq bo‘ladi.
Quyidagi rasmda (16.11-rasm) ish haqi o‘sishining uch bosqichi ko‘rsatilgan.
Ish haqining birinchi bosqichida
1
W
dan
2
W
ga o‘sishi, ish vaqtini
1
t
dan
2
t
soatga
oshiradi. Bu yerda o‘rnini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori bo‘ladi. Ish
haqining ikkinchi bosqichidagi
2
W
dan
3
W
ga o‘sishi, ish vaqtiga ta’sir qilmaydi, ishchi
2
t
soat ishlaydi, o‘rnini bosish samarasi daromad samarasiga teng.
Uchinchi bosqichdagi ish haqining
3
W
dan
4
W
ga o‘sishi, ish vaqtini
2
t
dan
4
t
ga qisqartiradi, o‘rnini bosish samarasi daromad samarasidan kam bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, daromadning o‘sishi dam olishga bo‘lgan talabni oshiradi.
Dostları ilə paylaş: