229
Xarajat va daromadlarni bir xil boshlang‘ich vaqtga keltirish hisob-kitoblariga
diskontirlash
deyiladi. Bunday hisob-kitoblar investitsiya loyihalarini baholashda
keng qo‘llaniladi. Investitsiyalarni tahlil qilganda yillar davomida bo‘ladigan
xarajatlar bilan loyihadan olinidigan daromadlarni solishtirishga to‘g‘ri keladi.
Kelajakda olinadigan daromadning nafi bugungi kunda olinadigan daromad nafidan
kichik bo‘ladi. Nima uchun deganda, joriy daromadga (ya’ni, bugungi kundagi
daromadga) kelajakda foiz bo‘yicha qo‘shimcha daromad olish mumkin.
Loyihalarni tahlil qilishda loyiha qiymatini aniqlash uchun bugungi kunda
qo‘yilgan kapital mablag‘lar bilan loyiha amalga oshirilgandan keyin olinadigan
daromadlarni solishtirish zarur bo‘ladi. Buning uchun joriy xarajatni va kelajakda
olinadigan daromadni hisob-kitob qilish kerak.
Loyiha
deganda, ma`lum maqsadga erishish uchun qilinadigan resuslar
investitsiyasi tushuniladi.
Investitsiya
- daromad olish uchun qo‘yiladigan kapital mablag‘.
Investitsiyalash
- bu kapitalni yaratish yoki kapital zahirasini to‘ldirish
jarayonidir. Investitsiyalash deganda, yalpi va sof investitsiyalash tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: