O‘zbеkiston rеspublikаsi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   410
MIKRO MAKRO

Nazorat va muhokama uchun savollar 
 
1.
Raqobatlashgan mehnat bozor muvozanati qanday o‘rnatiladi? 
2.
Firma foydasini maksimallashtirish uchun ishchi kuchini yollashni qanday 
shart bajarilgunga qadar davom ettiradi? 
3.
Mehnat qilish va dam olish o‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlab byering. 
4.
Mehnat bozoriga kasaba uyushmasi qanday ta’sir ko‘rsatadi va uning 
oqibatlarini izohlang. 
5.
Lorens egri chizig‘i yordamida daromadlar taqsimlanishi qanday tahlil 
qilinadi? 
 
 
 
 


228 
17-bob. KAPITAL QO‘YILMALAR VA KAPITAL BOZORI 
 
17.1 Kapital bozori va kapital qo‘yilmalar 
 
Kapital
- bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi 
bo‘lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi. 
Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda 
foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir 
ishlab chiqarish siklida o‘z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazadigan ishlab 
chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar). 
Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u qayta takror ishlab 
chiqaradi, ya’ni u ishlatilishi davomida o‘z qiymatini ma`lum qismini mahsulot 
qiymatiga o‘tkazadi. 
Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma`naviy, ham jismoniy eskiradi. 
Jismoniy eskirish - bu kapitalning vaqt o‘tishi bilan ishga yaroqsiz bo‘lishi bo‘lsa, 
ma`naviy eskirish uning unumdorligining kamayishi, ya’ni yangi ishlab chiqarilgan 
zamonaviy uskunalarga qaraganda unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha (mahsulot sifati, foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan 
orqada qolganligidir. 
Asosiy kapital egasi kapital qiymatini undan foydalanish vaqti davomida qayta 
tiklaydi. Masalan, uskuna 1000000 so‘m bo‘lib, undan foydalanish muddati 10 yil 
bo‘lsa, uning qiymati 10 yil davomida teng qiymatlarda mahsulot qiymatiga 
o‘tkaziladi deb qaraydigan bo‘lsak, har yilgi daromaddan 100000 so‘mdan
amortizatsiyaga ajratish kerak bo‘ladi. 
Aylanma kapital bir yil davomida o‘zining butun qiymatini mahsulot
qiymatiga o‘tkazib qayta tiklanadi. 
Kapitalning qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga 
bog‘liqdir. Kelajakda ko‘proq daromad olish ishtiyoqi ko‘pchilikni bugungi 
iste’molining bir qismidan voz kechib, uni jamg‘arishga undaydi. Jamg‘arilgan 
mablag‘ pul ko‘rinishidagi kapital sifatida biror-bir tadbirkorga ma`lum muddatga 
qo‘shimcha qiymat orqali qaytarilishi sharti bilan berilishi mumkin. Ushbu olingan 
qo‘shimcha qiymatga kapitalga olingan foiz deyiladi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin