227
Mehnatning chekli daromadliligi
L
MRP
ning iqtisodiy ma’nosi shundan
iboratki, ya’ni u qo‘shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo‘shimcha ishlab
chiqarilgan mahsulot hajmini
)
(
L
MP
, qo‘shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan
mahsulotdan olinadigan qo‘shimcha daromad
MR
ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.
Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab - bu firmalarning ishchi kuchiga
talabidir. Taklif ishchilar tomonidan bo‘ladi. Umumiy bozor talabi tarmoqdagi
firmalar talablari yig‘indisi bilan aniqlanadi.
Har bir ishchi oldidagi masala, bu qancha ishlab, qancha dam olish
muammosidir. Agar sutkada 24 soat bo‘ladigan bo‘lsa, ishchi 24 soat ishlasa, u
M
so‘mga teng bo‘lgan maksimal daromad olishi mumkin. Agar u ishlamasa, uning
maksimal dam olishi bir sutkaga, ya’ni, 24 soatga teng bo‘ladi va uning daromadi
nolga teng.
Odatda ish haqi oshganda, ko‘pchilik ko‘proq ishlab, ko‘proq daromad olishga
harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo‘sh vaqtning ham qimmati oshib boradi.
Inson ma`naviy o‘sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o‘sishi o‘z chegarasiga
ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko‘proq zavq olish
uchun, dam olishga sarflaydilar.
Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali o‘rnatiladi. Ko‘p hollarda
minimal ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib o‘rnatiladi.
Amalda o‘rtacha ish haqi mutaxassisliklar bo‘yicha ham, tarmoqlar bo‘yicha
ham, hattoki bir xil ishni bajaruvchi ishchilar bo‘yicha ham farq qiladi. Ushbu
farqning tagida, insonlar qobiliyatining xilma-xilligi, ma`lumoti, bilimi, tajribasi,
malakasi yotadi. Bulardan tashqari, ular bajaradigan ishlarning turi ham, ular
oladigan daromadlarga har-xil ta’sir qiladi. Ishning murakkabligi, ishlab
chiqarishning inson hayoti uchun zararli bo‘lishi, ushbu sohada ishlovchilarning ish
haqida ushbu zararni qoplaydigan qo‘shimcha ish haqida o‘z ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: