O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə219/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   410
MIKRO MAKRO

Iqtisodiy renta
- bu taklifi 
chegaralangan resursga to‘lanadigan narxdir. 
 
Qisqa xulosalar 
 
Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, yer va 
boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va 
taklif iste’mol tovarlari bozori ta’sirida shakllanadi. 
Qo‘shimcha yollangan bitta ishchi kuchidan olinadigan qo‘shimcha daromad 
mehnatning chekli daromadliligi deyiladi va u 
L
MRP
orqali belgilanadi. 
Iqtisodiy 
renta 


E
2
 
W
1
 
D
2
 
E
1
 
W
0
 
D
1
 




227 
Mehnatning chekli daromadliligi 
L
MRP
ning iqtisodiy ma’nosi shundan 
iboratki, ya’ni u qo‘shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo‘shimcha ishlab 
chiqarilgan mahsulot hajmini 
)
(
L
MP
, qo‘shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan 
mahsulotdan olinadigan qo‘shimcha daromad 
MR
ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. 
Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab - bu firmalarning ishchi kuchiga 
talabidir. Taklif ishchilar tomonidan bo‘ladi. Umumiy bozor talabi tarmoqdagi 
firmalar talablari yig‘indisi bilan aniqlanadi. 
Har bir ishchi oldidagi masala, bu qancha ishlab, qancha dam olish 
muammosidir. Agar sutkada 24 soat bo‘ladigan bo‘lsa, ishchi 24 soat ishlasa, u 
M
so‘mga teng bo‘lgan maksimal daromad olishi mumkin. Agar u ishlamasa, uning 
maksimal dam olishi bir sutkaga, ya’ni, 24 soatga teng bo‘ladi va uning daromadi 
nolga teng. 
Odatda ish haqi oshganda, ko‘pchilik ko‘proq ishlab, ko‘proq daromad olishga 
harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo‘sh vaqtning ham qimmati oshib boradi. 
Inson ma`naviy o‘sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o‘sishi o‘z chegarasiga 
ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko‘proq zavq olish 
uchun, dam olishga sarflaydilar. 
Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali o‘rnatiladi. Ko‘p hollarda 
minimal ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib o‘rnatiladi. 
Amalda o‘rtacha ish haqi mutaxassisliklar bo‘yicha ham, tarmoqlar bo‘yicha 
ham, hattoki bir xil ishni bajaruvchi ishchilar bo‘yicha ham farq qiladi. Ushbu 
farqning tagida, insonlar qobiliyatining xilma-xilligi, ma`lumoti, bilimi, tajribasi, 
malakasi yotadi. Bulardan tashqari, ular bajaradigan ishlarning turi ham, ular 
oladigan daromadlarga har-xil ta’sir qiladi. Ishning murakkabligi, ishlab 
chiqarishning inson hayoti uchun zararli bo‘lishi, ushbu sohada ishlovchilarning ish 
haqida ushbu zararni qoplaydigan qo‘shimcha ish haqida o‘z ifodasini topadi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin