Yalpi investitsiyalash - kapital zahirasining umumiy o‘sishidir.
Qoplash - asosiy kapitalning ishdan chiqqan qismini almashtirish.
Sof investitsiya - yalpi investitsiyadan qoplash uchun sarflanadigan mablag‘ni
ajratgandan keyingi qolgan qismi.
Sof investitsiya = Yalpi investitsiya - Qoplash. Agar yalpi investitsiya qoplashdan yuqori bo‘lsa, sof investitsiya musbat
bo‘ladi (bu holda kapital ko‘payadi va ishlab chiqarish kengayadi). Agar yalpi
investitsiya qoplashdan kichik bo‘lsa, sof investitsiya manfiy bo‘ladi (mavjud kapital
kamayib boradi). Va nihoyat, yalpi kapital qoplashga teng bo‘lsa, kapital hajmi
o‘zgarmaydi (bu holda kapital oddiy takror ishlab chiqarilmaydi).
Qisqa muddatli loyihalarni (qisqa muddatli investitsiyalarni) tahlil qilganda
kapitalning ichki o‘zini oqlash koeffisienti
r dan va ssuda foizi
i dan foydalaniladi.
Qisqa muddatli oraliqdagi investitsiyalarning (bir yillik oraliqdagi) chekli sof oqlashi
ularning chekli ichki oqlash koeffisientidan ssuda stavkasi foizini ayirish orqali
aniqlanadi:
r r i
,
bu yerda
r - chekli sof qoplash;
r - chekli ichki qoplash;
i - ssuda stavkasi foizi. Agar
r i
bo‘lsa, investitsiyadan olinadigan foyda
maksimal bo‘ladi.
Faraz qilaylik, firma mandarin sotish bilan shug‘ullanadi, deylik. Firma sotish
quvvati turli bo‘lgan do‘konlarni qurmoqchi. Do‘konlarni qurish uchun sarflanadigan
kapital mablag‘lar, sotish uchun sarflanadigan xarajatlar quyidagi jadvalda keltirilgan
(17.1-jadval). Ssuda foizi stavkasi 10 foiz bo‘lsin.
Bir kunda 1000 kg mandarin sotadigan do‘kon qurish uchun 100000 so‘m
sarflanadi, 2000 kg uchun esa 200000 so‘m sarflanadi va hokazo. Sotish masshtabi
1000 kg ga oshganda umumiy sarflanadigan kapital hajmi 100000 so‘mga o‘zgaradi.