27.6-jadval
O‘zbekiston Respublikasida Davlat budjetiga egri soliqlar tushumining
tarkibi
62
(%)
Soliq turlari 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017
Egri soliqlar 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0 100,0
1.Qo‘shilgan
qiymat solig‘i
60,8
56,8
56,7
57,9
57,1
56,4
56,1
56,5
56,3
56,2
2.Aksiz
solig‘i
27,2
32,9
32,4
30,9
30,6
31,1
29,2
29,3
29,7
30,5
3.Bojxona
boji
7,7
6,2
6,3
6,3
7,3
7,5
8,0
8,3
8,2
6,5
4.
Benzin
iste’moli
uchun
jismoniy
shaxslardan
undiriladigan
soliq
4,3
4,1
4,5
4,9
5,1
5,0
6,7
5,9
5,8
6,8
Agar ushbu soliqlar tarkibini qarab chiqadigan bo‘lsak, qo‘shilgan qiymat
solig‘i bo‘yicha tushumlar egri soliqlar tarkibidagi ulushi bo‘yicha birinchi o‘rinni
egalladi. 2000 -yilda qo‘shilgan qiymat solig‘i ulushi 47,3 foizni, 2004 yil 42,5%
foizni, 2013 yilda 56,4% tashkil etgan bo‘lsa, 2017 yilda 56,2 % ni tashkil qildi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i ulushining bunday keskin ko‘tarilishi aksiz solig‘i
bo‘yicha tushumlar hajmining kamayishi bilan izohlanadi. 2013 yilda aksiz solig‘i
bo‘yicha tushumlarning egri soliqlar tarkibidagi ulushi 2004 yildagi 48,2% o‘rniga
31,1%ga teng bo‘lishi, 2016 yilda esa 29,7 % ga teng bo‘lishi kuzatildi. Ushbu
pasayishning sababi respublika hududida ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlariga
aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasining o‘zgarmaganligi bilan bog‘liq.
Boshqa egri soliqlarning stavkalarida esa inflatsiya darajasi hisobga olinadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada faollashuvi natijasida, bojxona bojlarining
egri soliqlardagi ulushi ortib borib 2000 yildagi 2 % o‘rniga 2005 yilda 4,7 % ga,
2017 yilda esa yana ko‘tarilib 6,5 % ga yetdi. Shu davrda egri soliqlar tushumining
62
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari (*2015 yilda aholining umumiy
daromadlari ko‘rsatkichi kiritilgan)
347
umumiy hajmida jismoniy shaxslardan undiriladigan yagona bojxona to‘lovi ulushi
ortdi.
Avtomobil egalariga mulk egaligi uchun solinadigan soliqlar o‘rniga joriy
etilgan benzin iste’moli uchun jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning egri
soliqlar tushumidagi ulushi 2002 yilda 2,5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ko‘payib borib
2005 yilda 4,4 foizga, 2017 yilda 6,8 foizga yetdi.
Soliq stavkalarini pasaytirish, iqtisodiyotga soliq yukini kamaytirish,
soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilgan
chora tadbirlar natijasida umumiy soliq yuki kamaygani holda, budjet daolmadlari
ortib bordi, ularning tarkibida ijobiy siljishlar ro‘y berdi. Davlat budjetiga soliq
tushumlarining
ko‘payishi
hukumatimiza
ijtimoiy-iqtisodiy
dasturlarni
moliyalashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi tadbirlarni amalga
oshirishiga xizmat qildi.
Dostları ilə paylaş: |