343
etkazish kabi xukumat karorlari mavjud. Mahalliy budjetlar daromadlarini
kupaytirish eng dolzarb masalalardan biridir. Fakat o‘z daromad manbaiga to‘liq ega
bo‘lgan mahalliy xukumatlar o‘z faoliyatlarini to‘liq amalga oshirishlari mumkin.
Aks holda, har xil moliyaviy kamchiliklarga yo‘l qhyish zhtimoli bor. Mahalliy
soliqlarning muhim xususiyati shundaki ular fag‘at shu xududning budjetiga tushadi.
Boshqa budjetlarga ajratmalar berilmaydi.
Mahalliy budjetlarning soliq va yig‘imlari kam bo‘lganligidan bu budjetlarning
daromadlar va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha murakkabdir.
Bu masalani yechishda ilgari ko‘rsatganimizdek xududdan respublika budjetiga
tushadigan soliqlardan ajratmalar beriladi. (masalan, QQS, daromad solig‘i va
boshqalar). Amaliyotda shu soliqlardan mahalliy budjetlarga ular budjetini
barqarorlashtirish uchun 100 foizgacha ajratma bermasdan turib subvensiya
(maksadli yordam) berish hollari uchraydi. Vaholanki, mahalliy hukumatlarni o‘z
xududlaridan tushadigan soliqlarni undirishga qiziktirish uchun 100 foizgacha
ajratmalar berish maqsadga muvofiqdir.
Subvensiya yoki subsidiya uslublari esa mahalliy hukumatlarning respublika
hukumatiga murojaat etish lozimligini bildirib, ularni o‘z xududlaridagi soliqlar to‘liq
undirilishini qiziktirmaydi, ulardagi boqi beg‘amlik kayfiyatini kuchaytiradi.
Soliq tizimining takomilashganliligi soliq turlari, stavkalari, soliqlarning davlat
budjeti tarkibidagi daromadining nisbati mamlakatning iqtisodiy rivojlanish
darajasiga qay darajada mos kelishi, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakat
iqtisodiyotini yuksaltirish maqsadlariga mutanosibligi bilan belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: