350
Bu yerda: ΔT – to‘lanadigan soliqlar miqdorining o‘sishi;
ΔY – daromadlarning o‘sishi.
Progressiv soliq tizimi multiplikator samarasini yumshatadi
va ishlab chiqarish
hamda bandlilik darajalarini barqarorlashtiradi.
Soliqqa tortish hisobga olingan holdagi xarajatlar multiplikatori soliqqa tortish
hisobga olinmagan holdagi soliq multiplikatoridan
ancha kichikroq miqdorga ega,
chunki daromadlarga aylangan xarajatlarning bir qismi soliqlarga chegirilib,
muomaladan chiqadi va maltiplikatsiya samarasini pasaytiradi.
Bu ikkala formulani
solishtirganda ham ko‘zga tashlanadi. Shuningdek ochiq iqtisodiyotda oshgan
daromadlarning bir qismi importga yo‘naltirilishi
oqibatida muomaladan chiqib
ketishi tufayli multiplikator samarasi yopiq iqtisodiyotga nisbatan pastdir.
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikator va muvozanatli ishlab
chiqarish hajmi quyidagi tenglamalar sistemasini echib topiladi:
Y=C+I+G+Xn
C=a+b(1-t) x Y
Xn=g+m’Y
Agarda (2) va (3) tenglamalarni asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo‘yib, echsak
quyidagi echimga ega bo‘lamiz:
1
Y= ------------------- (a+I+G+g)
1(1-b(1-t)+m’
Bu yerda: 1 / 1(1-b(1-t)+m’ ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlar multiplikatori.
Muvozanatli daromadlar darajasiga soliqlarni kamaytinish
ham multiplikativ
ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlar miqdorini ΔT ga kamaytirsak,
tasarrufdagi daromad
darajasi ΔT ga oshadi. Iste’mol xarajatlari mos tarzda ΔTx b (bu yerda b-iste’molga
chegaraviy moyillik) miqdorga oshadi va u rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig‘ini
yuqoriga siljitadi, milliy ishlab chiqarish hajmini esa ΔU ga oshiradi.
Soliq multiplikatsiya samarasi davlat xarajatlari singari soliqlarning bir marta
o‘zgarishi oqibatida iste’molning bir necha bor o‘zgarishiga boqliq.
Dostları ilə paylaş: