O‘zbеkiston rеspublikаsi


b  Y= -------------------- (a+I+G+g) - ------------------ Ta



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə333/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   410
MIKRO MAKRO

1 b 
Y= -------------------- (a+I+G+g) - ------------------ Ta 
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’ 
 
 
Aytaylik hukumat o‘z xarajatlarini qandaydir miqdorga oshirdi va bu 
xarajatlarni moliyalashtirish uchun soliq miqdorini ham shuncha oshirdi. 
Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliqlar miqdorlarining bir vaqtning o‘zida 
bir xil miqdorda o‘zgarishi natijasida daromadlarning jami o‘zgarishi ΔY miqdori 
quyidagiga teng bo‘ladi: 
1 b 
Δ
Y= -------------------- 
Δ
G - ------------------
Δ
Ta 
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’ 
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko‘paysa 
muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga 


352 
ko‘payadi. Buni balanslashgan byujet multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan 
byujet multiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo‘ladi. 
Davlat xarajatlari o‘zgarishidan yuzaga keladigan multiplikativ samara soliqlar 
pasayishidan olinadigan multiplikativ samaradan kattaroq bo‘ladi. Bu holat davlat 
xarajatlarining daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar o‘zgarishi ta’siriga 
nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir. 
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o‘ynaydi. Agar 
hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‘lsa, davriy pasayishni tugatish uchun 
o‘z xarajatlarini oshirishi, inflatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. 
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo‘lsa, davriy 
pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko‘tarilish paytida esa davlat 
xarajatlarini oshirish maqbul yo‘l hisoblanadi. 
28.3. Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi 
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflatsiya sur’atlari va 
to‘lov balansi holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi 
natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini maqsadli 
o‘zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda 
iqtisodiy pasayish davrida yalpi talabni rag‘batlantirish uchun davlat xarajatlarini 
oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat budjeti kamomadi yuzaga 
keltiriladi. O‘z navbatida davriy ko‘tarilish paytida budjet ortiqchaligi yuzaga 
keltiriladi. 
Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol 
o‘ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan 
bog‘liq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflatsion zo‘riqishning paydo bo‘lishi, bu 
holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va 
soliq tushumlarini o‘zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini 
ta’minlash jarayonlarining har biri o‘rtasida ma’lum vaqt o‘tadi. 
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o‘zgaradi va ko‘rilgan chora- tadbirlar 
ko‘tilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik 
tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi. 
Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini 
avtomatik o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat o‘rnatilgan 
barqarorlashtirgichlarga 
asoslanadi. 
Rivojlangan 
davlatlarda 
o‘rnatilgan 
barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va 
foydada ishtirok etish tizimi o‘ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni 
yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. Davriy pasayish 
sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi. Bu esa yalpi 
talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag‘batni yuzaga kelishiga olib 
keladi. Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik nafaqasi 


353 
to‘lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham yalpi talabni oshirib, yalpi taklif hajmini 
oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflatsion ta’sir 
ko‘rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari 
pasayadi va bu yalpi talabga cheklovchi ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda davlat 
xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham 
pasayadi. Ammo nodiskret fiskal siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to‘liq 
yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi. 
Iqtisodiyotning o‘rnatilgan barqarorligi darajasi davriy budjet taqchilligi va 
ortiqchaligi miqdorlariga bog‘liq. Davriy taqchillik (ortiqchalik) iqtisodiy faollik 
pasayishi (oshishi) sharoitida soliq tushumlarining avtomatik kamayishi (oshishi) va 
davlat xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga keladigan 
davlat budjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   329   330   331   332   333   334   335   336   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin