O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə341/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   410
MIKRO MAKRO

29.2-jadval 
O‘zbekiston Respublikasida foiz stavkalarining o‘zgarishi
67
 (%) 
 
 
 
 
Davr 
 
 
 
Yillik qayta 
moliyalash 
stavkasi 
 
 
Qisqa muddatli 
kreditlar bo‘yicha 
o‘rtacha tortilgan 
stavka 
Yuridik 
shaxslarning 
so‘mdagi 
muddatli 
depozitlari 
bo‘yicha 
o‘rtacha 
tortilgan 
stavka 
Jismoniy 
shaxslarning 
so‘mdagi 
muddatli 
depozitlari 
bo‘yicha 
o‘rtacha 
tortilgan 
stavka 
2000 
32,3 
25,7 
12,9 
32,2 
2001 
26,8 
28,0 
16,0 
38,1 
2002 
34,5 
32,2 
19,2 
40,2 
2003 
27,1 
28,1 
17,1 
36,2 
2004 
18,8 
21,2 
11,3 
34,5 
2005 
16,0 
18,8 
9,6 
27,1 
2006 
14,0* 
19,4 
9,8 
16,7 
2007 
14,0 
18,5 
9,4 
20,3 
2011 
12 
13,8-13,2* 
6,1-5,9* 
9,9-9,6* 
2014 
10 
12,5-10,5* 
5,5-7,4* 
8-9,8* 
2015 

12,0-10,0* 
5,0-7,1* 
7-9,5* 
*
15.07.2006 y.dan boshlab. 
Keynschilar pul taklifining YaMIga ta’sirini quyidagi ketma-ketlikda 
amalga oshadi deb hisoblashadi: 
-
pul taklifining o‘zgarishi foiz stavkasining o‘zgarishiga olib keladi; 
-
foiz stavkasining o‘zgarishi o‘z navbatida, investitsiyalarga bo‘lgan 
talabning o‘zgartiradi; 
-
investitsiyalarga talab o‘zgarishi yalpi talab (yalpi xarajatlarning 
o‘zgarishiga olib keladi; 
-
yalpi talabning o‘zgarishi ishlab chiqarish hajmiga ( YaIMga) ta’sir 
etadi. 
Monetaristlar esa pul miqdorining o‘zgarishi bilan YaIM o‘zgarishi 
o‘rtasida yaqinroq aloqa mavjud; ya’ni, pul miqdorining o‘zgarishi bevosita 
YaIM o‘zgarishiga olib keladi deb hisoblashadi. Buni ular pulning miqdoriy 
nazariyasi tenglamasi bilan izohlaydilar. 
67
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari 


366 
Ayni paytda monetaristlar pulning aylanish tezligini barqaror deb 
hisoblaydilar, keynschilar esa, aksincha, beqaror deydilar. 
Hozirda mavjud bo‘lgan monetaristik siyosatning modellari bu ikki 
yondashuvni sintez qilgan, ya’ni, bu yondashuvlarning ijobiy jihatlarini qo‘shib, 
o‘zida aks ettiradi. Pul kredit siyosatining uzoq muddatli maqsadlariga erishish 
uchun monetaristik yondashuv ko‘proq ishlatiladi. Shu bilan birga qisqa muddatli 
davrlarda esa davlat foiz stavkasiga ta’sir etish usulidan voz kechmaydi. . 
Markaziy Bank bir vaqtning o‘zida ham pul massasini, ham foiz stavkasini 
o‘zgartirmasdan ushlab turaolmaydi. Pulga talab o‘sgan holatlarda maqsad foiz 
stavkasining barqarorligini ta’minlash bo‘lsa Markaziy Bank pul taklifini 
oshirishga majbur bo‘ladi. Bu tadbir yumshoq pul kredit siyosati deb yuritiladi. 
Pul massasining ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun pul taklifini 
cheklash siyosatini qo‘llash foiz stavkasining ko‘tarilishiga olib keladi va bu 
siyosat qattiq pul kredit siyosati deb yuritiladi. 
Agar pulga talab inflatsiya tasirida ko‘paysa qattiq pul kredit siyosatini 
qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Maboda pulga talab ishlab chiqarish va 
daromadlarning o‘sishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini qo‘llash 
o‘rinlidir. 
daromadlarning o‘sishi oqibatida oshsa yumshoq pul kredit siyosatini 
qo‘llash o‘rinlidir. 
Pul kredit siyosatinig ishlab chiqarish hajmiga ta’siri birinchi paragrafda 
ta’kidlanganidek pul taklifi o‘zgarishining foiz stavkasi darajasiga, foiz stavkasi 
o‘zgarishining esa investitsiya xarajatlari hajmiga (bu bilan yalpi xarajatlar 
hajmiga ham) va yalpi xarajatlar o‘zgarishining ishlab chiqarish ya’ni yalpi taklif 
hajmiga ta’siri ko‘rinishida bosqichma - bosqich ro‘y beradi. Foiz stavkasining 
pul taklifi o‘zgarishiga tasirchanligi, yoki investitsiya xarajatlarining foiz 
stavkasi o‘zgarishiga tasirchanligi past bo‘lishi pul kredit siyosatini amalga 
oshirishda muammolarni keltirib chiqaradi. 
Pul-kredit siyosati fiskal va savdo siyosatlari bilan chambarchas bog‘liq. 
Agarda Markaziy bank qayd qilingan valuta kursini saqlab turishni maqsad qilib 
qo‘ysa mustaqil (ichki) pul siyosatini olib borish mumkin bo‘lmay qoladi. 
Chunki almashinuv kursini ta’minlab turish uchun valuta zahiralarini ko‘paytirib 
yoki kamaytirib turish iqtisodiyotda pul hajmiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Pul-
kredit va fiskal siyosatlarni muvofiqlashtirish bilan bog‘liq qiyinchiliklar ham 
mavjud. Agarda hukumat iqtisodiyotni davlat xarajatlarini oshirish orqali 
qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirmoqchi bo‘lsa, uning muvaffaqiyatli amalga 
oshishi ko‘proq pul-kredit siyosatining xarakteriga bog‘liq. Chunki, bu 
mo‘ljallanayotgan xarajatlar qimmatli qog‘ozlar (ya’ni, obligatsiyalar)ni 
chiqarish evaziga amalga oshsa, pulga bo‘lgan talab oshadi va natijada esa foiz 
stavkalari ko‘tariladi. Bu esa investitsiya xarajatlarining kamayishiga olib keladi. 
Yoki Markaziy bank hukumatning yuqoridagi siyosatini qo‘llab-quvvatlash 
uchun pul taklifini ma’lum miqdorda ko‘paytirsa, pul qadrsizlanishi mumkin.


367 
Umuman, barqaror pul-kredit siyosati hukumat tomonidan olib boriladigan 
fiskal siyosatga hamma vaqt ham mos kelavermaydi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin