364
Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan
ssudaning foiz stavkasi
tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko‘zda tutilmagan zarurat
tug‘ilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam bo‘lgan hollardagina oladilar. Hisob
stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan qo‘shimcha
zahiralarni olish imkoniyatlari kengayadi. O‘z navbatida, bu tijorat banklarining
zahiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko‘paytiradi.
Yana shunday
hollar mavjudki, Markaziy bank hisob stavkasini ko‘tara borib, tijorat banklari
tomonidan qo‘shimcha zahiralarni olish yo‘lidagi to‘siqlarni biroz ko‘targanday
bo‘ladi va kreditlar berish bo‘yicha ularning faoliyatini pasaytiradi, shu yo‘l bilan
pul taklifini cheklaydi. Agar ushbu stavka past bo‘lsa, unda tijorat banklari
ko‘proq kredit olishga harakat qiladilar. Natijada banklarning ortiqcha zahiralari
ortib boradi va muomaladagi pul massasi miqdorining oshib borishiga olib keladi.
Agarda hisob stavkasi miqdori yuqori bo‘lsa, unda banklar kamroq kredit olishga,
olganlarini esa qaytarib berishga harakat qiladilar, pirovard natijada ortiqcha bank
zahiralari qisqaradi, muomaladagi pul miqdori kamayadi.
Bu ko‘rsatkichlar darajasi turli mamlakatlarda
iqtisodiy vaziyatga qarab
turlicha maqsadda bo‘ladi. Masalan iqtisodiyotda turg‘unlik elimentlari ko‘ringach
investitsiyalarni qo‘llab quvvatlash va umuman iqtisodiy faollikni oshirish uchun
AQSh Federal zahira tizimi hisob stavkasini 2002 yilda bir foizgacha qisqartirdi.
O‘zbekiston Respublikasida qayta mmoliyalashtirish stavkasi 2001 yilda o‘rtacha
26,8 %, 2003 yilda o‘rtacha 27,1 %, 2006 yilda o‘rtacha 14 foizni, 2011 yilda
o‘rtacha 11 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilning yanvar oyidan 9 foizga
tushirildi (29.2-jadval).
Amaliyotda,
davlatlar
hisob
stavkasi
siyosatini
ochiq
bozordagi
operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat
qiladilar.
Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta’sir etishi
jarayonlarini o‘rganuvchi pul nazariyasi yotadi.
Ushbu nazariyaga ikki xil
yondashuvchi iqtisodchilar o‘rtasida ko‘p yillardan beri tortishuvlar bo‘lib
kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul miqdori
nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul
taklifining nominal YaIM ga ta’sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta’sirning
ahamiyatiga har xil baho beradilar. Keynschilar fikricha,
monetar siyosat
yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul
taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga
solishda davlat aralashuvi shart deb hisoblashadi, monetaristlar
esa uni ortiqcha
deb hisoblaydilar.