360
Asosiy vazifalari:
Monetar siyosatni hamda valutani tartibga solish sohasidagi siyosatni
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish;
Qzbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil etish va
ta’minlash;
Banklar,kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash hamda
tartibga solish,banklar, kredituyushmalari, garovxonalarni nazorat qilish, qimmatbaho
qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash;
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valuta rezervlarini, shu jumladan
kelishuv bo‘yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish;
Davlat budjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan
iboratdir”
65
74 .
Tijorat banklari Markaziy bankda o‘z qisqa muddatli va o‘rta muddatli
majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb yuritiladigan foizsiz
omonatlarni saqlashga majbur.
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o‘zining mintaqaviy
bo‘linmalari orqali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot va
yillik yakuniy balans ma’lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi.
Kredit muassasalarining bo‘ysinishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit
tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank tizimini
ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin.
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan,
Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit - hisob
xizmati ko‘rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bo‘yiga
(vertikal) va eniga (gorizontal) yo‘nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal
–
rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank
bilan quyi bo‘g‘inlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar o‘rtasidagi bo‘ysunish
munosabatlari, gorizontal-turli quyi bo‘g‘inlar o‘rtasidagi teng huquqli sheriklik
munosabatlari tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: