O‘zbеkiston rеspublikаsi


-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarz darajasi dinamikasi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə336/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   410
MIKRO MAKRO

28.4-rasm. O‘zbekiston Respublikasining tashqi qarz darajasi dinamikasi, 
YaIMga nisbatan %da
64
 
O‘zbekistonda tashqi qarz va kreditlarni olishda qat’iy va muhim tamoyillar, 
jumladan, ularning uzoq muddatga va past foizlarda berilishi, qarz berishning hech 
qanday siyosiy yoki mafkuraviy talab va shartlar bilan bog‘liq emasligi, ularning 
64
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi ma’lumotlari 


357 
umumxalq manfaatlariga, asosan real iqtisodiyotni rivojlantirish hamda aholi 
farovonligini oshirishga yo‘naltirilganligi kabilarga amal qilinganligi 2017 yil 
yakunlariga ko‘ra, tashqi davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 16,0 foizni 
tashkil etishiga imkon yaratdi. 
Tashqi qarz darajasining past darajada ekanligi mamlakat oltin –valyuta 
zaxiralarining barqarorligini ta’minlamoqda. Jumladan, 2017 yilda OVZ hajmi 
ko‘payib, hozirda 12 oydan ziyodroq importni qoplaydigan oltin –valyuta zaxiralari 
mavjud.
Qisqа хulosаlаr 
Fiskal siyosat (budjet-soliq siyosati) maqsadi iqtisodiy o‘sish, baholarning 
barqaror darajasi, to‘liq bandlik va to‘lov balansi barqarorligini ta’minlashdan iborat. 
Bu maqsadlarga erishish uchun davlat xarajatlari va soliqlar bilan manipulyasiya 
qilinadi. 
Fiskal siyosatl cheklovchi yoki rag‘batlantiruvchi turlarga bo‘linadi. 
Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat iqtisodiyotning pasayish davrida olib borilsa, 
cheklovchi fiskal siyosat iqtisodiyotda haddan ziyod talab tufayli inflatsiya paydo 
bo‘lgan sharoitda olib boriladi. 
Fiskal siyosat tadbirlari qisqa va uzoq muddatda multiplikator samarasi ta’siri 
ostida bo‘ladi. 
Davlat xarajatlari multiplikatori iste’molga chegaralangan moyillik darajasi 
bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka, chegaraviy soliq stavkasi hamda iste’molga chegaralangan 
moyillik darajasi bilan teskari bog‘liqlikka ega. 
Davlat xarajatlari va soliqlar miqdorini bir xil miqdorga oshirilishi daraomadlar 
hajmini ham shuncha miqdorga oshirilishiga olib keladi. Bu holat balanslashgan 
budjet multiplikatori bilan izohlanadi. 
Iqtisodiy pasayish paytida budjetning davriy taqchilligi, diskret fiskal siyosat 
natijasida 
esa 
tarkibiy 
taqchilligi 
yuzaga 
keladi. 
Budjet 
taqchilligini 
moliyalashtirishning maqbul yo‘li davlat qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularni 
sotish hisobiga qarz olishdir. 
Respublikamizda o‘tkazilayotgan budjet-soliq siyosati iqtisodiyotga soliq yukini 
kamaytirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish, barqaror iqtisodiy 
o‘sishga shart-sharoit yaratish, yalpi talabni oshirish kabi maqsadlarga qaratilgan. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   332   333   334   335   336   337   338   339   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin