357
umumxalq manfaatlariga, asosan real iqtisodiyotni
rivojlantirish hamda aholi
farovonligini oshirishga yo‘naltirilganligi kabilarga amal qilinganligi 2017 yil
yakunlariga ko‘ra, tashqi davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 16,0 foizni
tashkil etishiga imkon yaratdi.
Tashqi qarz darajasining past darajada ekanligi mamlakat oltin –valyuta
zaxiralarining barqarorligini ta’minlamoqda. Jumladan, 2017 yilda OVZ hajmi
ko‘payib, hozirda 12 oydan ziyodroq importni qoplaydigan oltin –valyuta zaxiralari
mavjud.
Qisqа хulosаlаr
Fiskal siyosat (budjet-soliq siyosati) maqsadi iqtisodiy o‘sish,
baholarning
barqaror darajasi, to‘liq bandlik va to‘lov balansi barqarorligini ta’minlashdan iborat.
Bu maqsadlarga erishish uchun davlat xarajatlari va soliqlar bilan manipulyasiya
qilinadi.
Fiskal siyosatl cheklovchi yoki rag‘batlantiruvchi turlarga bo‘linadi.
Rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat iqtisodiyotning pasayish davrida olib borilsa,
cheklovchi fiskal siyosat iqtisodiyotda haddan ziyod talab
tufayli inflatsiya paydo
bo‘lgan sharoitda olib boriladi.
Fiskal siyosat tadbirlari qisqa va uzoq muddatda multiplikator samarasi ta’siri
ostida bo‘ladi.
Davlat xarajatlari multiplikatori iste’molga chegaralangan moyillik darajasi
bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka, chegaraviy soliq stavkasi hamda iste’molga chegaralangan
moyillik darajasi bilan teskari bog‘liqlikka ega.
Davlat xarajatlari va soliqlar miqdorini bir xil miqdorga oshirilishi daraomadlar
hajmini ham shuncha miqdorga oshirilishiga olib keladi. Bu holat balanslashgan
budjet multiplikatori bilan izohlanadi.
Iqtisodiy pasayish paytida
budjetning davriy taqchilligi, diskret fiskal siyosat
natijasida
esa
tarkibiy
taqchilligi
yuzaga
keladi.
Budjet
taqchilligini
moliyalashtirishning maqbul yo‘li davlat qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularni
sotish hisobiga qarz olishdir.
Respublikamizda o‘tkazilayotgan budjet-soliq siyosati iqtisodiyotga soliq yukini
kamaytirish, soliqlarning rag‘batlantiruvchi
rolini kuchaytirish, barqaror iqtisodiy
o‘sishga shart-sharoit yaratish, yalpi talabni oshirish kabi maqsadlarga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: