O‘zbеkiston rеspublikаsi


Modelning asosiy tenglamalari



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə344/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   410
MIKRO MAKRO

30.2. Modelning asosiy tenglamalari 
IS-LM (investitsiya - jamg‘armalar, likvidlilikning afzalligi - pul) modeli foiz 
stavkasi R bilan daromadlar Y ning bir vaqtning o‘zida har ikkala bozorda 
muvozanatni ta’minlaydigan kombinatsiyalarini topish imkonini beradi. 
Modelning asosiy tenglamalari quyidagilar: 
1.
Y=C +I + G +Xn — asosiy makroiqtisodiy ayniyat. 
2.
C = a+b (Y-T) — iste’mol funksiyasi, bu yerda T = Ta + tY. 
3.
I = e-dR — investitsiya funksiyasi. 
4.
Xn = d- m`Y - nR — sof eksport funksiyasi. 
69
Агапова Т.А.Серегина С.Ф. Макроэкономика:Учебник.-7-е изд.перераб. и доп.-
М.:Издательство “Дело и сервис”, 2005. с.191. 


369 
5.
M/P =kY - hR — pulga talab funksiyasi. 
IS-LM modelida ko‘rilgan barcha tenglamalar bajarilsa muvozanatga 
erishiladi. 
Modelning endogen o‘zgaruvchilari Y,C,I,Xn va foiz stavkasi R. Modelning 
ekzogen o‘zgaruvchilari G, Ms va chegaraviy soliq stavkasi t. a,b,c,d,m`,n,k va h 
empirik koeffitsientlar bo‘lib musbat va nisbatan 
barqarordir. 
Y haqiqiy < Y potensial bo‘lgan qisqa muddatli davrga muvozanat ko‘rib 
chiqilayotganda, modelda, baholar darajasi o‘zgarmas, foiz stavkasi R va daromad Y 
o‘zgaruvchan deb olinadi. 
Y haqiqiy = Y potensial bo‘lgan, ya’ni to‘liq bandlik sharoitida baholar 
darajasi R o‘zgaruvchan, Ms nominal kattalik va boshqa barcha o‘zgaruvchilar real 
kattaliklardir. 
30.3. IS - egri chizig‘i va uning tenglamasi 
IS-egri chizig‘i tovarlar xizmatlar bozorida foiz stavkasi R va daromadlar 
darajasi Y ning kombinatsiyalarini xarakterlovchi, bir vaqtning o‘zida asosiy 
makroiqtisodiy ayniyat, iste’mol, investitsiya va sof eksport funksiyalari 
qondiriladigan nuqtalarning geometrik joylashuvini xarakterlaydi. Bu egri 
chiziqning har bir nuqtasida investitsiyalar va jamg‘armalar o‘zaro teng 
bo‘ladi. 
IS-egri chizig‘ini Keyns xochi va investitsiya funksiyasi grafigi yordamida 
keltirib chiqaramiz. (30.1-,30.2-, va 30.3-rasmlar.)
70
70
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 315 


370 
Foiz stavkasining R1 dan R2ga qadar ko‘tarilishi investitsiyalar miqdorini I1 
dan I2 ga qadar kamayishiga olib keladi. Bu haqiqiy xarajatlar egri chizig‘ini E1 dan 
E2 ga qadar pastga tomon ΔE = ΔI ga teng miqdorda surilishiga olib keladi. Oqibatda 
daromadlar miqdori Y1 dan Y2 qadar 
ΔY =ΔE x m miqdorga pasayadi, bu yerda 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   340   341   342   343   344   345   346   347   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin