O‘zbеkiston rеspublikаsi


Ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə340/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   410
MIKRO MAKRO

29.3. Ochiq bozordagi operatsiyalar va hisob stavkasi 
Ochiq bozordagi operatsiyalar – Markaziy bank tomonidan davlat 
obligatsiyalarini (qimmatli qog‘ozlarni) tijorat banklari va aholidan sotib olish va 
ularga sotish bo‘yicha operatsiyalardir. Markaziy bank tijorat banklaridan yoki 
aholidan bu qimmatli qog‘ozlarni sotib olar ekan, tijorat banklari zahiralarini sotib 
olingan obligatsiyalar miqdori hajmida ko‘paytiradi. Bu zahiralar pul bazasiga 
kiradi, ya’ni yuqori quvvatli pullar bo‘lganligi uchun pul taklifi multiplikativ 
ko‘payadi. Markaziy bank tijorat banklari va aholiga obligitsiyalarni sotish bilan 
zahiralarni hamda tijorat banklarining kredit berish qobiliyatini kengaytiradi. Bu 
holda pul taklifi qisqaradi. 
Hozirda hamma mamlakatlarda pul miqdorini tartibga solishda ochiq 
bozordagi operatsiyalarni, ya’ni davlat qimmatli qog‘ozlarini taklif qilish usulidan 
keng foydalanilmoqda. Ushbu operatsiyalarni Markaziy bank asosan nufuzi katta 
banklar guruhi bilan birgalikda amalga oshiradi. 
Pul bozorida muomalada pul miqdori ortiqchaligi mavjud deb faraz qilamiz. 
Tabiiyki, Markaziy bank ortiqcha pul massasini kamaytirishga 
harakat qiladi. Buning uchun, o‘zida mavjud bo‘lgan o‘zining qimmatli 
qog‘ozlarini u ochiq bozorda aholi va banklarga taklif etadi, ular esa uni xarid qila 
boshlaydilar. Davlat qimmatli qog‘ozlarini (sotish yoki xarid qilish yo‘li bilan) 
taklifi oshib borgan sari, unga bo‘lgan baho pasayadi, o‘z navbatida, unga bo‘lgan 
foiz (ya’ni, qimmatli qog‘ozlarni sotib olganlarga foiz shaklida to‘lanadigan haq) 
oshadi, bu esa unga bo‘lgan talabni oshiradi. Banklar va aholi qimmatli 
qog‘ozlarni ko‘proq xarid qila boshlaydi, pirovard natijada banklarning zahiralari 
qisqaradi, o‘z navbatida, bu hol pul taklifining bank multiplikatoriga teng nisbatda 
qisqarishiga, shuningdek, bank zahirasi va pul taklifining ortishiga olib keladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki ham pul kredit siyosatini yuritishda bu 
vositaning rolini keskin oshirishni maqsad qilib olgan. 
Pul - kredit siyosatini amalga oshirishning muhim vositalardan biri – bu, 
hisob stavkasi siyosatidir. Hisob stavkasi yoki qayta moliyalash stavkasi deb 


364 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan ssudaning foiz stavkasi 
tushuniladi. Bu ssudalarni tijorat banklari ayrim ko‘zda tutilmagan zarurat 
tug‘ilganda va moliyaviy ahvoli mustahkam bo‘lgan hollardagina oladilar. Hisob 
stavkasining pasayishi bilan tijorat banklarida Markaziy bankdan qo‘shimcha 
zahiralarni olish imkoniyatlari kengayadi. O‘z navbatida, bu tijorat banklarining 
zahiralardan yangi kreditlar berish bilan pul taklifini ko‘paytiradi. Yana shunday 
hollar mavjudki, Markaziy bank hisob stavkasini ko‘tara borib, tijorat banklari 
tomonidan qo‘shimcha zahiralarni olish yo‘lidagi to‘siqlarni biroz ko‘targanday 
bo‘ladi va kreditlar berish bo‘yicha ularning faoliyatini pasaytiradi, shu yo‘l bilan 
pul taklifini cheklaydi. Agar ushbu stavka past bo‘lsa, unda tijorat banklari 
ko‘proq kredit olishga harakat qiladilar. Natijada banklarning ortiqcha zahiralari 
ortib boradi va muomaladagi pul massasi miqdorining oshib borishiga olib keladi. 
Agarda hisob stavkasi miqdori yuqori bo‘lsa, unda banklar kamroq kredit olishga, 
olganlarini esa qaytarib berishga harakat qiladilar, pirovard natijada ortiqcha bank 
zahiralari qisqaradi, muomaladagi pul miqdori kamayadi. 
Bu ko‘rsatkichlar darajasi turli mamlakatlarda iqtisodiy vaziyatga qarab 
turlicha maqsadda bo‘ladi. Masalan iqtisodiyotda turg‘unlik elimentlari ko‘ringach 
investitsiyalarni qo‘llab quvvatlash va umuman iqtisodiy faollikni oshirish uchun 
AQSh Federal zahira tizimi hisob stavkasini 2002 yilda bir foizgacha qisqartirdi. 
O‘zbekiston Respublikasida qayta mmoliyalashtirish stavkasi 2001 yilda o‘rtacha 
26,8 %, 2003 yilda o‘rtacha 27,1 %, 2006 yilda o‘rtacha 14 foizni, 2011 yilda 
o‘rtacha 11 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilning yanvar oyidan 9 foizga 
tushirildi (29.2-jadval). 
Amaliyotda, 
davlatlar 
hisob 
stavkasi 
siyosatini 
ochiq 
bozordagi 
operatsiyalar siyosati bilan muvofiqlashtirilgan holda olib borishga harakat 
qiladilar. 
Pul-kredit siyosati asosida iqtisodiyotga pul-kredit siyosatining ta’sir etishi 
jarayonlarini o‘rganuvchi pul nazariyasi yotadi. Ushbu nazariyaga ikki xil 
yondashuvchi iqtisodchilar o‘rtasida ko‘p yillardan beri tortishuvlar bo‘lib 
kelmoqda. Bularga neokeynschilar nazariyasi va zamonoviy pul miqdori 
nazariyasi tarafdorlarini kiritamiz. Har ikki nazariya tarafdorlari ham pul 
taklifining nominal YaIM ga ta’sirini inkor etmaydilar, ammo bu ta’sirning 
ahamiyatiga har xil baho beradilar. Keynschilar fikricha, monetar siyosat 
yuritishda foiz stavkasi darajasiga asoslanishi, monetaristlar fikricha esa, pul 
taklifining darajasiga asoslanishi lozim. Keynschilar bozor iqtisodiyotini tartibga 
solishda davlat aralashuvi shart deb hisoblashadi, monetaristlar esa uni ortiqcha 
deb hisoblaydilar. 


365 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin