Qisqа хulosаlаr Bank tizimi Markaziy bank va tijorat banklarini o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimi shakllangan.
Markaziy banning bosh maqsadi milliy valutaning barqarorligini
ta’minlashdan iborat.
Pul kredit siyosatini amalga oshirishning pirovard maqsadlari iqtisodiy
o‘sish, to‘liq bandlikni, baholarning hamda to‘lov balansining barqarorligini
ta’minlashdan iborat.
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishda foiz stavkasi, majburiy zahiralash
normasi va ochiq bozordagi operatsiyalar kabi vositalardan foydalaniladi.
Ochiq bozordagi operatsiyalar pul-kredit siyosatining eng progressiv usuli
bo‘lib, uni qo‘llash ko‘lami ortib boradi.
O‘zbekiston Respublikasida majburiy zahiralash normasi va qayta
moliyalash stavkalari kamaytirib borilayotganligi, pul-kredit siyosatining
nisbatan yumshatilayotganligidan dalolat beradi. Bu inflatsiya sur’atlarining
jilovlanganligi tufayli mumkin bo‘ldi va investitsiyalar, yalpi talab hajmiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Markaziy bank va tijorat banklari funksiyalarini tushuntirib bering
. 2 . Pul-kredit siyosatining asosiy maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?
3.
Ochiq bozordagi operatsiyalarning pul taklifiga ta’siri mexanizmini
tushuntirib bering.
4.
Qayta moliyalash stavkasining o‘zgartirilishi pul taklifiga qanday
ta’sir etadi?
5.
.Majburiy zahiralash normasi qaysi maqsadlarda qo‘llaniladi va uning
pasaytirilishi oqibatlari qanday?
6.
. Pul-kredit siyosatining etkazish mexanizmini tushuntirib bering.
7.
Yumshoq va qattiq pul kredit tsiyosati tushunchalariga izoh bering.
368
30- bob. IS-LM MODELINING SHAKLLANISI VA TATBIQI