30.1. IS - LM modelining mohiyati va AD-AS modeli bilan bog‘liqligi Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish shartlari va makroiqtisodiy
siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga ta’sirini umumlashtirib tadqiq qilish IS - LM modeli
yordamida bajariladi.
IS - LM modeli birinchi marta 1937 yilda J.Xiks tomonidan keynsning
makroiqtisodiy konsepsiyasini izohlash uchun taklif etildi hamda 1949 yilda
A.
Xansenning “Monetar nazariya va fiskal siyosat” nomli kitobi nashr
qilinganidan so‘ng keng yoyildi. Shu sababli bu model Xiks modeli yoki Xiks-Xansen
modeli deb ham yuritiladi.
IS - LM modeli qisqa muddatli davrga ham tovarlar ham pul bozorida birgalikda
muvozanat o‘rnatilishi mexanizmini xarakterlaydi
68
. Bunda tovarlar bozori deganda ham
iste’mol ham investitsion tovarlar bozori tushuniladi. Garchand iste’mol va investitsion
tovarlarga talab turli omillar bilan belgilansada IS - LM modelida ular bir butun deb
qaraladi. Pul bozori deganda xazina veksellari va tijorat qog‘ozlari ko‘rinishidagi qisqa
muddatli kredit vositalarini oldi sotdi mexanizmi tushuniladi. Bu bozorni obligatsiyalar
bozoridan farqlash zarur. Pulning obligatsiyalarda ifodalangan nisbiy bahosi obligatsiyalar
bo‘yicha foiz stavkasidir.
“IS - LM modeli (investitsiyalar-jamg‘armalar, likvidlilikni afzal ko‘rish – pul) –
yalpi talab funksiyasini belgilovchi iqtisodiy omillarni aniqlash imkonini beruvchi tovar-
pul muvozanatim modeli”
69
. AD-AS modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi e’tiborga
olingan edi. Ya’ni tovarlar va xizmatlar baholarining ko‘tarilishi pulga bo‘lgan talabni
oshirishi bu esa o‘z navbatida foiz stavkasining ko‘tarilishiga olib kelishi, oqibatda
investitsiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi AD-AS modelida ko‘zda
tutilgan edi. IS-LM modeli AD-AS modelini qisqa muddatli davrga aniqlashtiradi va bu
modelda har ikkala bozor yagona makroiqtisodiy tizimning sektorlari sifatida namoyon
bo‘ladi.
Model bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bog‘liq tarzda foiz stavkasi R bilan
daromad darajasi Y ning muvozanatli darajasini belgilaydi.