O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə345/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   410
MIKRO MAKRO

(m = 1/(1-b(1-T)+m’)) 

Demak tovarlar va xizmatlar bozorida daromadlar darajasi va foiz stavkasi 
dinamikasi o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud. 
R o‘zgarmagan holda IS egri chizig‘ining o‘ngga yoki chapga siljishi quyidagi 
omillar ta’sirida ro‘y beradi: 
-
iste’mol xarajatlari darajasi; 
-
davlat xaridi darajasi; 
-
sof soliqlar (soliqlar - subsidiyalar - transfertlar); 
-
investitsiyalar hajmining (R ning mavjud stavkasida) o‘zgarishi. 
IS tenglamasini iste’mol, investitsiya va sof eksport funksiyalari tenglamalarini 
asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo‘yib, uni R va Y ga nisbatan echib topiladi. 
R ga nisbatan topilgan IS tenglamasi: 
a+ e + g 1-b (1-t) + m` 1 b 
R = ---------------- - ----------------------- Y + ------------ G Ta , 
d+n d +n d +n d+n 
 
bu yerda T = Ta + t Y 
Y ga nisbatan topilgan IS tenglamasi: 
a + e + g 1 b d+n 
Y = ----------------- - ------------- G - ----------------Ta R , 
1-b (1-t) + m` 1-b (1-t) + m` 1-b (1-t)+ m` 1-b (1-t) + m` 
 
bu yerda T = Ta + t Y 
(1-b (1-t) + m`)/ (d+n) 
IS egri chizig‘ining Y o‘qiga nisbatan og‘ish 
burchagini ko‘rsatadi va fiskal hamda pul kredit siyosati samaradorligining nisbiy 
parametrlaridan biri hisoblanadi 
30.4. LM - egri chizig‘i va uning tenglamasi 
 
LM egri chizig‘i o‘zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga 
keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks 
ettiradi. 
LM egri chizig‘ining har bir nuqtasida pulga talab Md pul taklifi Ms ga teng 
bo‘ladi (liquidity Preferense = Money Supply). Pul bozorida bunday muvozanatga 
daromad Y ning oshishi bilan foiz stavkasi R ko‘tarilsagina erishiladi. 
Ma’lumki, pulga talab miqdoriga foiz stavkasidan tashqari daromadlar darajasi 
ham ta’sir ko‘rsatadi. Daromadlar yuqori bo‘lsa, xarajatlar ham ko‘p bo‘ladi. Bu esa, 


371 
o‘z navbatida iste’mol va boshqa xarajatlar uchun pulga talabni oshishiga olib keladi. 
Shunday qilib, daromadlar darajasining yuqoriroq bo‘lishi pul talabini oshiradi. 
Boshqacha aytganimizda, daromad va pulga talab dinamikasi o‘rtasida to‘g‘ri 
bog‘liqlik mavjud. 
Pulga talab funksiyasini quyidagicha yozamiz: 
M/R= L(R;Y) 
Pul bozori holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bunday o‘zaro 
munosabatlarni 30.4-, 30.5 rasmlarda tasvirlaymiz. 
30.4-rasmdan ko‘rinib turibdiki, pulga bo‘lgan talab, foiz stavkasi pasayishi 
bilan, shuningdek, daromadlar ko‘payishi natijasida ham oshadi. Daromadlarning 
oshishi natijasida pulga talab egri chizig‘i Md1 yuqori surilib, Md2 holatini egallaydi 
va unda pul bozoridagi muvozanat nuqtasi, r1 holatidan r2 holatiga o‘tadi. 
Shunday qilib, yuqoriroq daromad yuqoriroq foiz stavkasiga olib keladi va 
buni LM egri chizig‘i aks ettiradi. U pul bozorida foiz stavkasi va daromad 
o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rgazmali tarzda ifodalaydi. Daromad darajasi qancha 
baland bo‘lsa, pulga bo‘lgan talab shuncha yuqori va shunga muvofiq muvozanatli 
foiz stavkasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. 
LM egri chizig‘i o‘ziga xos konfiguratsiyaga ega: gorizantal qism va vertikal 
qism. LM egri chizig‘ining gorizantal qismi foiz stavkasi R ning minimal darajasidan 
pasaya olmasligini anglatsa, vertikal qism foiz stavkasi R ning maksimal darajasi 
chegarasidan tashqarida hech kim o‘z mablag‘larining likvid (pul) shaklida ushlab 
turmasligini va ularni qimmatli qog‘ozlarga aylantirishini anglatadi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin