O‘zbеkiston rеspublikаsi


Iqtisodiy o‘sishning R.Xarrod modeli



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə353/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   410
MIKRO MAKRO

31.4. Iqtisodiy o‘sishning R.Xarrod modeli 
Agar E. Domar o‘z modelida investitsiyalarni ekzogen tarzda berilgan miqdor 
ded olgan bo‘lsa R.F. Xarrodning 1939-yilda ishlab chiqilgan iqtisodiy o‘sish 
modeliga akselerator prinsipi va tadbirkorlarning kutishiga asoslangan endogen 
funksiyasi ham kiritildi. Akselerator prinsipiga ko‘ra nafaqat investitsiyalar ishlab 
chiqarishning 
o‘sishini 
keltirib 
chiqaradi, 
balki 
ishlab 
chiqarish 
va 
daromadlarningning o‘sgan hajmi ham investitsiya jarayonlarining jadallashishiga 
olib keladi. 
R.Xarrod o‘z modeliga uch tenglamani kiritadi: 1)kafolatlangano‘sish surti 
tenglamasi; 
2) haqiqiy o‘sish sur’ati tenglamasi; 3)tabiiy o‘sish sur’ati tenglamasi. 
R Xarrod modelida haqiqiy o‘sish sur’ati ishchi kuchining o‘sish sur’ati va 
kapital unumdorligining o‘sish sur’ati bilan belgilanadi. 
Gr*c = s , bu yerda 
Gr - YaIMning haqiqiy qo‘shimcha o‘sish sur’ati; Δ Y/ Y; 
c- ishlab chiqarishning kapital talabchanligi koeffitsenti, I / Δ Y ; 


380 
s– Milliy daromaddagi jamg‘arish hajmi yoki jamg‘arishga o‘rtacha moyillik, S 
/ Y; 
Tadbirkorlar dinamik muvozanat ta’minlangan o‘sish sur’ati bo‘lgan 
kafolatlangan (prognoz qilingan) o‘sish sur’atiga asoslanib o‘z investitsiya rejalarini 
tuzadilar. Kafolatlangan o‘sish sur’ati jamg‘arishga o‘rtacha moyillik darajasini 
akseleratorga nisbati sifatida aniqlanadi: 
Gw = s / cr , 
bu yerda: 
Gw – kafolatlangan o‘sish sur’ati 
cr – talab etiladigan kapitaltalabchanlik koeffitsenti (qtgan yillardagi 
shakllangan darajasi); 
Bu ko‘rsatkichlar doimiy bo‘lganligi sababli kafolatlangan o‘sish sur’atlari 
ham doimiy bo‘ladi. 
Agar haqiqiy o‘sish sur’ati kafolatlangan o‘sish sur’atiga mos kelsa 
iqtisodiyotda barqaror uzluksiz o‘sish ta’minlanadi. Amaliyotda bunga doimo erishib 
bo‘lmasligi tufayli qisqa muddatli davriy tebranishlar ro‘y beradi. 
Xarrod modelida resurslardan to‘liq foydalangan sharoitda ta’minlanishi 
mumkin bo‘lgan maksimal o‘sish sur’ati tabiiy o‘sish sur’ati deb nomlandi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin