O‘zbеkiston rеspublikаsi


–bob. IQTISODIY O‘SISHNING UMUMIY TAVSIFI VA



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə349/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   410
MIKRO MAKRO

31–bob. IQTISODIY O‘SISHNING UMUMIY TAVSIFI VA 
NEOKEYSNSCHA MODELLARI 
 
31.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va o‘lchanishi 
 
Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqa-
rish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi. 
Iqtisodiy o‘sish yalpi taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda, 
haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish 
muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi - 
cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi. 
Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil 
qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir. 
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek, 
jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu 
sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan o‘lchanadi. 
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi 
sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini 
aniqlash uchun ishlatiladi. 
Bunda joriy yildagi real YaIM (Yt) hajmining bazis yildagiga (Yt-1) (asosan 
oldingi yilga) nisbatan foiz ko‘rinishidagi o‘sishi aniqlanadi: 
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YaIM 
ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi. 
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, YaMD, SMD 
ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o‘sish 
daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘liq 
deb qaraladi. 
Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash 
darajasi 
oshishini 
bildirsa, 
investitsiyalar 
hajmining 
o‘zgarishi 
resurs 
imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi. 
Iste’mol va investitsiya o‘rtasida etarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol 
miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy 
o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi. 
Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi. 
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish, 
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan, 
resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va 

t

Y= ------------ x 100 
Y
t-1


376 
imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat 
obro‘sining oshishiga olib keladi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin