O‘zbеkiston rеspublikаsi


y = f(k), i= sf(k), c=(1-s)f(k)



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə357/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   410
MIKRO MAKRO

y = f(k), i= sf(k), c=(1-s)f(k) 
32.2. R.Solou modelida kapitalning chiqib ketishi aholi soni o‘sishing 
barqaror muvozanat va iqtisodiy o‘sishga ta’siri 
 
Amortizatsiya quyidagicha hisobga olinadi: agar yiliga eskirish hisobiga 
kapitalning qayd etilgan d qismi chiqib ketadi deb hisoblasak (chiqib ketish normasi), 
chiqib ketish miqdori kapital hajmiga proporsional bo‘ladi va dk ga teng bo‘ladi. 
Grafikda bu aloqadorlik koordinata boshidan d burchak koeffitsenti bilan chiquvchi 
to‘g‘ri chiziq bilan aks ettiriladi.(32.2-rasm). 
32.2.-rasm. Investitsiyalar va kapitalning chiqib ketishining iqtisodiy 
muvozanatga tasiri
77
 
Investitsiyalar va chiqib ketishning kapital zahirasi dinamikasiga ta’sirini 
Δk=I-d, yoki investitsiyalar va jamg‘armalar tengligidan foydalanib Δk=s·f(k)-dk 
kщrinishida yozish mumkin. Kapital zahirasi(k) investitsiyalar hajmi kapitalning 
chiqib ketishi hajmiga teng bo‘lguniga qadar, ya’ni s·f(k)=dk shart bajarilguniga 
qadar oshib boraveradi. Shundan so‘ng bitta ish bilan band xodimga to‘g‘ri keladigan 
kapital zahirasi (fond bilan qurollanganlik) o‘zgarmaydi (Δk=0). 
Investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng bo‘lgan 
sharoitdagi kapital zahirasi darajasi fond bilan qurollanganlikning muvozanatli 
(barqaror) darajasi deyiladi va k* deb belgilanadi. k* ga erishilganda iqtisodiyot uzoq 
muddatli muvozanat holatida bo‘ladi. 
Muvozanat barqaror bo‘lishiga sabab k ning dastlabki miqdori qandayligidan 
qat’iy nazar iqtisodiyot muvozanat holatiga, ya’ni k* ga intiladi. Agar k ning 
boshlang‘ich miqdori k* dan kam bo‘lsa, yalpi investitsiyalar (sf(k)) chiqib ketish 
miqdori (dk) dan ko‘p bo‘ladi va kapital zahirasi sof investitsiyalar miqdoriga 
ko‘payib boradi. Aksincha k2 > k* bo‘lsa, investitsiyalar amortizatsiyadan kamligini 
77
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 211 


386 
anglatadi. Bu holda kapital zahirasi muvozanatli darajaga qadar kamayib boradi 
(32.2.-rasm). 
Jamg‘arish normasi fond bilan qurollanganlikning barqarorr darajasiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Jamg‘arish normasining s1 holatdan s2 holatga siljishi investitsiyalar egri 
chizig‘ini yuqoriga s1f(k) holatdan s2f(k) holatga qadar siljishini keltirib chiqaradi 
(32-3. -rasm). 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   353   354   355   356   357   358   359   360   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin