O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə359/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   410
MIKRO MAKRO

 
 
32.4.-rasm. Aholi soni o‘sishining iqtisodiy muvozanatga ta’siri
79
 
 
Matematik jihatdan o‘zgarmas kapital bilan qurolanganlik sharoitidagi 
iqtisodiyotda barqaror muvozanat sharti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: 
Δk=sf(k)-(d+n)k=0 yoki sf(k)=(d+n)k 
Tenglamadagi (d+n)k investitsiyalarning kritik kattaligini xarakterlaydi. Ya’ni 
bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapitalni doimiy o‘zgarmas darajada saqlab turadigan 
hajmini ifodalaydi. 
Aholi o‘sishining hisobga olgan holda R. Solou modelini grafik jihatdan 
ifodalash uchun mehnatning kapital bilan qurollanganligi barqaror darajasini (k*) deb 
belgilaymiz. Aniqlaganimizdek, agar bir ishchiga to‘g‘ri keladigan kapital (k=const) 
bo‘lsa iqtisodiyot muvozanat holatida bo‘ladi. Agar k179
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 
2013): 226 


388 
investitsiyalar ularning kritik kattaligidan yuqori va (k1) k* ga qadar o‘sadi. Agar 
k2>k*, unda investitsiyalar ularning kritik darajasidan past va (k2) k* ga qadar 
pasayadi. 
Model iqtisodiyot barqaror holatda bo‘lishi uchun investitsiyalar sf(k) kapital 
chiqib ketishi va aholining o‘sishi (d+n)k oqibatlarini qoplashi kerakligini ko‘rsatadi. 
B holda kapital bilan qurollanganlik (k) va mehnat unumdorligi (y) o‘zgarmas qoladi. 
Lekin aholi o‘sishida kapitalning doimiyligi rapital ham aholiga mos sur’atda o‘sishi 
kerakligini anglatadi: ya’ni: 
ΔY/Y=ΔL/L=ΔΚ/K=n 
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: aholining o‘sishi – iqtisoiyotning 
barqarorlik holati sharoiidagi uzluksiz iqtisodiy o‘sishning sabablaridan biri. 
Biroq agar aholining o‘sishi investitsiyaning oshishi bilan birga bormasa, unda 
bu bir ishchiga tug‘ri keladigan kapital zahirasining kamayishiga olib 
keladi.Aholining n dan n1 ga o‘sishi (d+n)k chizig‘ini yuqoriga (d+n1)k holatiga 
siljitadi. Bu esa kapital bilan qurollanganlikni k* dan k1* gacha qisqartiradi. 
Shunday qilib, R.Solou modeli aholi o‘sishining yuqori sur’atlarga ega bo‘lgan 
davlatlarda kapital bilan qurollanganlik past – demakki, daromadlar ham past 
bo‘lishini tushuntirib beradi. 
R.Soluning fikriga ko‘ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va 
milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o‘sishiga teng sur’atda o‘sib boradi. Aholi 
sonining tez o‘sishi iqtisodiyotning o‘sish sur’atlari jadallashishiga ta’sir etadi, ammo 
barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish kamayadi. 
O‘z navbatida, jamg‘arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga to‘g‘ri 
keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffitsentini 
ko‘tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o‘sish sur’atiga ta’sir 
ko‘rsatmaydi. Shu sababli barqaror holatdagi iqtisodiy o‘sishning yagona sharti 
texnologik taraqqiyotning o‘sish sur’ati hisoblanadi. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin