398
chiqarish samaradorligini ta’minlashda yoki ko‘proq ustunlikka ega bo‘lgan
yoxud
kamroq zaiflikka ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashsalar
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunday vaziyatlarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo
ko‘proq imkoniyatlar olib keladi. Har bir mamlakat o‘zi ixtisoslashgan mahsulotlarni
ishlab chiqaradi va shu orqali yutuqlarga erishadi. Uning mulohazalari “Nisbiy
ustunlik nazariyasi”da o‘z echimiga ega bo‘ldi.
Masalan, Portugaliyada ishlab chiqarilgan
movut va Angliyada ishlab
chiqarilgan vino individual xarajatlarga ega bo‘lsin. Shuni hisobga olgan holda
D.Rikardoning “Nisbiy ustunlik” nazariyasini qo‘llaymiz:
33.1-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mehnat sarfi
Movut(bir dona)
Vino(barrel)
Portugaliya
90
80
Angliya
100
120
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki
Portugaliya barcha turdagi
mahsulotlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Ya’ni bir dona movut ishlab
chiqarish uchun 90 mehnat birligi, bir barrel vino ishlab chiqarish uchun esa 80
mehnat birligini sarflaydi. Ammo, D. Rikardo Portugaliyada movut ishlab
chiqarishga nisbatan vino ishlab chiqarish savdosini yo‘lga qo‘yish ko‘proq
foyda
olib kelishini ta’kidlaydi. Chunki, bir dona movutga nisbatan bir barrel vino ishlab
chiqarish arzonga tushmoqda. Bunda nisbiy ustunlikdagi farq har bir millat uchun
xalqaro savdoda yutuqqa olib keladi. Ya’ni, Portugaliya bir barrel vinoni (80 birlikda)
120 birlikda Angliyaga sotsa va o‘z
navbatida, Angliyadan (100 birlikda) ushbu
birlikda 1,2 dona movut sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
O‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotga solishtirganimizda esa
8/9
donaga ega
bo‘lar edi.
Boshqacha aytganimizda, Portugaliyaning vino ishlab chiqarish va
movutni sotib olish evaziga oladigan foydasi quyidagicha bo‘ladi.
120 / 100 – 8 / 9 =1,2 - 0,(8) = 0,31 dona movut.
Angliya esa movut ishlab chiqarishda kamroq zaiflikka ega. Ya’ni movut
ishlab chiqarishga qilinadigan mehnat sarflari o‘rtasidagi
farq vino ishlab
chiqarishdagiga nisbatan kamroq. Demak movut ishlab chiqarishga ixtisoslashish
hisobiga xalqaro savdodan Angliya ham yutadi. Ya’ni, movut ishlab chiqarib, uni
Portugaliyaga
sotish hisobiga
Dostları ilə paylaş: