O‘zbеkiston rеspublikаsi


Iqtisodiy o‘sishning J.Mid va A. Lyuis modellari



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə363/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   410
MIKRO MAKRO

 
32.4. Iqtisodiy o‘sishning J.Mid va A. Lyuis modellari 
J.Midning iqtisodiy o‘sish modeli ham 
neoklassik asoslarga ega. U iqtisodiy 
o‘sishni chekli unumdorlik qonuni qo‘llaniladigan marjinalistik yondoshuvlar bilan 
tushuntiradi. O‘z konsepsiyasini J. Mid “Iqtisodiy o‘sishning neoklassik nazariyasi” 


392 
(1961 y.) kitobida bayon etdi. Kobb- Duglas funksiyasining zamonaviylashtirilgan 
variantidan foydalanib, J Mid barqaror dinamik muvozanat imkoniyati tenglamasini 
keltirib chiqardi. 
Y=αk+βL+r 
 
bu yerda: Y-milliy daromadning o‘rtacha yillik o‘sish surati: k- kapitalning 
o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati; 
L- mehnatning o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati; α- milliy daromadda kapitalning 
ulushi; 
β- milliy daromadda mehnatning ulushi; r- texnologik taraqqiyot sur’ati. 
Tenglama, milliy daromadning o‘sish sur’ati milliy daromadda ega bo‘lgan 
ulushi bo‘yicha mehnat va kapital o‘sish sur’atlarining yig‘indisiga texnologik 
taraqqiyot sur’ati qo‘shilishidan paydo bo‘lgan miqdorga teng bo‘lishini ko‘rsatadi. 
Mehnat va texnologik taraqqiyot o‘sish sur’atlarini doimiy deb taxmin qilib J. Mid 
quyidagi xulosaga keldi; iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’ati kapital o‘sishning 
barqaror sur’atlari va uning milliy daromad o‘sish sur’atlari bilan tengligi sharoitida 
erishiladi. Agar kapitalning o‘sish sur’atlari milliy daromadning o‘sish sur’atlaridan 
oshsa, unda bu jamg‘arish sur’atlarining o‘z-o‘zidan pasayishiga olib keladi. 
Bunday bog‘liqlik J.Midning jamg‘arishning milliy daromaddagi ulushi doimiy 
deb shart kiritganligining natijasidir. Shu sababli kapital jamg‘arishning 
(investitsiyalarning) yuqoriroq sur’atlarini moliyalashtirish uchun zarur bo‘lgan 
jamg‘armalarning qo‘shimcha o‘sishi birichisidan orqada qoladi va unga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Agar kapitalning o‘sish sur’ati milliy daromadning o‘sish sur’atidan 
orqada qolsa teskari holat ro‘y beradi. 
Mehnat unumdorligi o‘sish sur’atlarining dinamik muvozanatga ta’sirini ko‘rib 
chiqib J. Mid agar ular kapital jamg‘arish sur’atidan oshsa unda chekli mehnat 
unumdorligining pasayishi natijasida mehnatning kapital bilan almashtirilishi hosil 
bo‘ladi degan xulosaga keldi. Ishlab chiqarish jarayonida 
ularning yangi nisbati esa mehnatning ham, kapitalning ham to‘liq bandligini 
ta’minlaydi. Shu bilan birga J. Mid real holatda mehnatning va kapital 
jamg‘arilishining o‘sish sur’atlari o‘rtasida muvofiqlikka amal qilish zarurligiga 
e’tibor qaratgan. Aks holda, agar mehnatning o‘sishi shunga muvofiq kapital oshishi 
bilan birga bormasa ishlab chiqarishning o‘sishi ro‘y bermaydi, chunki ishchi 
kuchining o‘sishi ortiqcha bo‘lib ishsizlik vujudga keladi. Agar kapital mehnat 
unumdoligini o‘sish sur’atlaridan tezroq o‘ssa, unda ortiqcha ishlab chiqarish 
quvvatlari hosil bo‘ladi. Biroq bu holda ham dinamik muvozanatga erishish usullari 
mavjud. J. Mid bozorlarning neoklassik nazariyasiga asoslanib ularni ko‘rsatadi. 
Bunda, mehnat bozorida ishsizlikning vujudga kelishi raqobatni kuchaytiradi, 
bu esa o‘z navbatida ish haqi stavkalarining pasayishiga va kapitalning 
foydaliligining o‘sishiga olib keladi. Natijada jamg‘arish sur’atlari oshadi va ishchi 
kuchining o‘sish sur’atlari bilan tenglashadi. J. Mid modelida davlat pul-kredit 


393 
siyosatidan foydalangan holda faqatgina bilvosita barqarorlashtiruvchi rolini bajarishi 
kerak. Faqat shugina daromadlar va jamg‘armalarni qayta taqsimlashning, 
resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan, samarali 
mexanizmini yaratish imkonini beradi. 
A. Lyuis o‘z modelida ishchi kuchi zahirasi (rezerv) ni iqtisodiy o‘sishning 
asosi sifatida ko‘rib chiqadi. Shuning uchun uning fikricha, bu model “aholi zichligi 
yuqori, kapital taqchil, tabiiy resurslar esa cheklangan” davlatlar uchun qo‘l keladi. 
Bunday mamlakatlarga A. Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni kiritadi. 
A. Lyuis o‘z konsepsiyasida erkin bozor g‘oyasiga asoslanganligi tufayli, tahlil 
markaziga tadbirkor shaxsini qo‘yadi. U bozorda mavjud ishlab chiqarish 
omillaridan, ya’ni mehnat, yer va kapitaldan foydalanish xususida qarorlar qabul 
qiladi, Model iqtisodiyotning ikki sektori: agrar va sanoat sektorlarini hisobga olgan 
holda quriladi:. Agrar sektorda mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat 
unumdoligi juda past, chekli mahsulot esa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa 
qishloq xo‘jaligidan ishchi kuchining “olinishi” ishlab chiqarish qisqarishiga olib 
kelmasligini anglatadi. Qishloq xo‘jaligida ishchilarning ish haqi yashash minimumi 
darajasida bo‘lgani sababli, bu ishchi kuchidan sanoatda foydalanish hech qanday 
muammo tug‘dirmaydi. Bu sektordagi mehnat unumdoligi agrar sektordagidan ancha 
yuqori. 
Shunday qilib, A. Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir qismini 
qishloq xo‘jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan iqtisodiy o‘sish sur’atining 
tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu jarayonda asosiy mexanizm bo‘lib tarmoqlararo 
bozor xizmat qiladi. 
Sanoat ishlab chiqarish mashtablarini kengaytirib, o‘z ishchilarining 
daromadlari o‘sishini ta’minlaydi, bu esa ichki talabni oshishiga ko‘maklashadi. 
Bunda tadbirkorlar o‘sib borayotgan daromadlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga 
yo‘naltiradilar. Bu daromadlar keyinchalik iqtisodiy o‘sishga dinamik ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy o‘sishning o‘zini A. Lyuis ikki turga ajratadi: sanoatda uning manbai 
bo‘lib qo‘shimcha ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi (ekstensiv tur), qishloq 
xo‘jaligida esa- chekli mehnat unumdorligining oshishi (intensiv tur). Iqtisodiy 
o‘sishning bu ikki turi investitsiyalashning ikki turli xil funksiyalariga muvofiq 
keladi. Sanoatda gap asosan kapitalni kengaytirish ustida boradi. Shuning uchun 
investitsiyalarning berilgan funksiyasi yakuniy sanoat mahsulotiga talabga bog‘liq 
bo‘ladi. Uning o‘sishi daromadlar oshishi va investitsiyalar kengayishini 
rag‘batlantiradi. Qishloq xo‘jaligida, aksincha, investsiyalar daromadlarning 
qisqarishiga bog‘liq holda kengayadi: ish haqiga xarajatlarning ko‘payishi fermerlarni 
qo‘l mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishga majbur qiladi. 
O‘z modelini rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqib A. Lyuis uni 
industrial bosqichni o‘tgan g‘arbiy mamlakatlar uchun to‘g‘ri kelmaydi, deb 
hisoblagan. Boshqa mualliflar esa, aksincha, uni rivojlangan iqtisodiyot sharoitlari 
uchun maqbul deb hisoblashadi. Sh. Kindlberger o‘z tahlilida ko‘rsatganidek 


394 
iqtisodiy o‘sishning mehnat va kapital bilan bog‘liqligining eng yaxshi namunasi 
bo‘lib GFR, Italiya, Shveysariya, va Niderlandiya hisoblanadi. Buyuk Britaniya , 
Belgiya, Shvetsiya, Norvegiya va Daniya kabi mamlakatlar ham A. Lyuis modelini 
teskari bog‘liqlikda bo‘lsada, tasdiqlashdi: bu mamlakatlarda iqtisodiy o‘sishning 
past sur’atlari mehnat resurslari va ishlab chiqarish quvvatlaridan cheklangan holda 
foydalanish bilan bog‘liq edi. Yana bir guruhni sezilarli ishchi kuchi ortiqchaligini 
boshidan kechirgan mamlakatlar tashkil etadi (Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, 
Yugoslaviya, Turkiya). Ularning iqtisodiy o‘sishi ham Sh. Kindlberger fikricha A. 
Lyuis modeliga to‘g‘ri keladi. Bu mamlakatlar nafaqat o‘z sanoatini balki boshqa 
yevropa davlatlari sanoatini ham ishchi kuchi bilan ta’minlar edi va butun qit’a 
uchun o‘ziga xos mehnat zahirasi fondi vazifasini bajargan edi. 
Agar barcha modellarni umumlashtirgan holda o‘rganadigan bo‘lsak, bugungi 
kunda ayni bir modelning iqtisodiyotda to‘liq qo‘llanilayotganligini ko‘rishning iloji 
yo‘q deb o‘ylaymiz. Keynschilar bu borada iqtisodiy o‘sishni modellashtirishda 
asosiy e’tiborni investitsiya va davlat boshqaruviga qaratsa, neoklassiklar davlat 
boshqaruvini inkor etgan holda barcha ishlab chiqarish omillarining samadorlik 
jihatlarini ustuvor deb hisoblashadi. 
Bizning fikrimizcha biror davlat o‘z iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish 
yo‘lida ayni bir iqtisodiy o‘sish modelini tanlamasdan, o‘z mamlakat tabiiy, ijtimoiy 
hamda iqtisodiy salohiyatidan kelib chiqqan holda, aholining urf- odatlari, an’analari 
va mentalitetidan kelib chiqqan holda o‘z iqtisodiy o‘sish modelini ishlab chiqishi 
lozimdir. Shundan so‘ng bu mamlakat iqtisodiyoti turli xil tashqi ta’sirlarga 
sezuvchanlik darajasi kamayadi va jahon iqtisodiyoti bo‘ylab sodir bo‘layotgan 
inqirozlarga qarshi chidamlilik darajasi yetarlicha yuqori bo‘ladi. Bunga yaqqol misol 
sifatida mamlakatimiz Birinchi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan rivojlanishning 
“O‘zbek modeli” ni keltirishimiz mumkin. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   359   360   361   362   363   364   365   366   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin