33.2. A.Smitning mutlaq ustunlik nazariyasi Shu paytga qadar yuzaga kelgan barcha xalqaro savdo nazariyalari xalqaro
savdoni erkinlashtirish barcha mamlakatlar uchun foyda keltiradi degan fikrni ilgari
suradi. Erkin tashqi savdoning zarurligi va foydaliligi to‘g‘risida dastlabki
nazariyalardan biri A.Smitning
mutlaq ustunlik nazariyasidir. Bu nazariyaga ko‘ra
har bir mamlakat undagi mavjud sharoitlar va resurslar o‘ziga xosligiga tayangan
holda ma’lum bir tovarni eng kam xarajatlar hisobiga (yoki vaqt birligida bu tovarni
eng ko‘p) ishlab chiqirish imkoniyatiga ega. Shunday ekan mamlakat mutlaq
ustunlikka ega bo‘lgan tovar ishlab chiqarishga ixtisoslashadi va ushbu tovarning o‘z
iste’molidan ortiqcha qismini sotadi hamda boshqa tovarlarni sotib oladi. Chunki bu
tovarlar ularni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega bo‘lgan davlatlarda ancha
arzon ishlab chiqarilgan bo‘ladi. Natijada har ikki davlat ham kam resurs sarflab
ko‘proq mahsulotga ega bo‘ladi.
Masalan,
O‘zbekiston
asosan
paxta
mahsulotlarini
etishtirishga
ixtisoslashganligi uchun boshqa mahsulotlarga nisbatan ko‘proq shunga e’tiborni
qaratish lozim. Chunki, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi, ob-havosi va qolaversa, butun
respublika sharoiti paxta etishtirishga moslashgan va unga kam miqdorda mehnat va
moliyaviy resurslarni sarf qilib, yuqori hosil olish texnologiyasiga ega. Shuningdek,
boshqa mamlakatlar ham o‘zi ixtisoslashgan sohaga ko‘proq e’tiborni qaratishsagina
dunyo bo‘yicha ko‘proq mahsulot ishlab chiqariladi va xalqaro savdoda ham katta
muvaffaqqiyatlarga erishish mumkin. Demak, shu yo‘l bilan dunyo aholisining
talablarini maksimum qondirish imkoniyatiga erishiladi.
Ammo qaysidir mamlakat hech qaysi mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha
dunyoda mutlaq ustunlikka ega bo‘lmasligi mumkin. Bu esa shu mamlakat hamma
tovarlarni chetdan keltiradi-mi degan savolni tug‘diradi. Agar shunday bo‘lsa
importni bu mamlakat qaysi mablag‘lar hisobiga moliyalashtiradi. Bu savolga javob
berish borasida mutlaq ustunlik nazariyasi boshi berk ko‘chaga kirib qoladi.