387
mexanizmini tushuntirish uchun yetarli emas. Ular muvozanatning bir holatidan
ikkinchi holatiga o‘tilishini ko‘rsatadi xolos.
Solou modelini keyingi rivojlantirilishida navbat bilan ikki shart olib
tashlanadi: aholi soni va uning ish bilan band qismi sonining o‘zgarmasligi hamda
texnologik taraqqiyotning mavjud emasligi.
Aholi doimiy (
n
) sur’at bilan o‘sadi deb tasavvur qilamiz. Ishchilar sonining
ko‘payishi boshqa teng sharoitlarda mehnatning kapital bilan qurollanishi
darajasining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Natijada, bir ishchiga to‘g‘ri keladigan
kapital zahirasi o‘zgarishini ko‘rsatuvchi tenglama quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
Δk=I-dk-nk yoki Δk=I-(d+n)k
Mehnatning kapital bilan qurolanganligi pasayishi tufayli uni oldingi darajada
saqlab turish uchun investitsiyalarning kapital chiqib ketishini qoplaydigan hajmi
zarur. Kapital jamg‘arish normasi yuqori bo‘lmasa kapitalning chiqib ketishi, aholi
sonining o‘sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o‘zgarmasdan qolishi
yoki pasayib ketishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: