O‘zbеkiston rеspublikаsi


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə355/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   410
MIKRO MAKRO

Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va uni o‘lchash usullarini izohlab bering. 
2.
Iqtisodiy o‘sish omillarini ishlab chiqarish, talab va taklif omillariga qaysi 
tamoyillarga asoslanib bo‘linadi? 
3.
Ekstensiv va intensiv iqtisodiy o‘sishning farqlari nimada, sof intensiv 
o‘sishga erishish mumkinmi? 
4.
Domar modelida investitsiyalar tahlili Keyns tahliliga nisbatan qanday farq 
qiladi? 
5.
Domar modelining asosiy o‘zgaruvchilariga tavsif bering va uning 
mohiyatini tushuntiring? 
6.
Iqtisodiy o‘sishning Xarrod modeli Domar modelidan qaysi jihatlariga 
ko‘ra farq qiladi? 


382 
32- bob. IQTISODIY O‘SISHNING NEOKLASSIK MODELLARI 
 
32.1. R.Solouning neoklassik modeli asoslari 
 
Iqtisodiy o‘sishning dastlabki neoklassik modellari 1950-1960 yillarda, ya’ni 
dinamik muvozanat muammosiga e’tibor susaygan va birinchi planga nafaqat 
foydalanilmagan quvvatlar hisobiga, balki shu bilan birga yangi texnikani joriy qilish, 
unumdorlikni oshirish va ishlab chiqarishni tashkil qilishni yaxshilash hisobiga 
potensial mumkin bo‘lgan o‘sish sur’atlariga erishish muammosi chiqqan davrda 
paydo bo‘ldi. 
Shu sababli iqtisodiy o‘sish muammosining nafaqat nazariy asoslari, balki uni 
tahlil qilishning uslublari ham o‘zgardi. Bu davrda rivojlangan davlatlar 
iqtisodiyotida yirik firmalarning roli keskin o‘sdi. Bu firmalar o‘z investitsiyalarini
strategik rejalashtirish uchun, iqtisodiy o‘sishning neokeynscha modellariga tayangan 
holda, mikrodarajada o‘sishning dinamik modellarini tuza boshlashdi. Ta’kidlangan 
modellarni tuzishda firmalar chiziqli dasturlash uslublaridan va V.Leontevning ishlab 
chiqarish funksiyasidan foydalanishdi. 
Yirik firmalarning mustaqil iqtisodiy siyosat yuritishga va iqtisodiy o‘sishga 
erishishga intilishlari neoklassik yo‘nalish vakillarini iqtisodiy o‘sishning 
neokeynscha modellariga muqobil bo‘lgan o‘sish modellarini yaratishga faol 
kirishishga undadi. 
Bu yo‘nalish vakillari (amerikalik iqtisodchi R. Solou va ingliz iqtisodchisi 
J.Mid hamda boshqalar), bozor raqobati sharoitida yirik firmalarga o‘z resurslaridan 
potensial o‘sishga erishish maqsadi to‘laroq foydalanish imkonini berish uchun, 
iqtisodiyotga davlat aralashuvini qat’iy cheklash lozim degan fikrni olg‘a surishdi. 
Ular yaratgan modellarning metodologik asoslari bo‘lib, shuningdek, mehnat, 
kapital va erni ijtimoiy mahsulotni yaratishning mustaqil omillari deb qarovchi ishlab 
chiqaish omillarining klassik nazariyasi xizmat qildi. 
Neoklassik modellarning navbatdagi metodologik asosi bo‘lib chekli 
(chegaralangan) unumdorlik nazariyasi hisoblanadi. Ushbu nazariyaga ko‘ra ishlab 
chiqarish omillari egalari oladigan daromad, bu omillarning chekli mahsulotlari 
(omillarning qo‘shimcha birligi hisobiga yaratilgan qo‘shimcha mahsulot) bilan 
belgilanadi. 
Noklassik 
maktab 
nazariyotchilari 
iqtisodiy 
o‘sishning neokeynscha 
nazariyalarini uch jihat bo‘yicha tanqid qildilar: 
-
birinchidan, ular e’tiborni faqat iqtisodiy o‘sishning bir omiliga-kapital 
jamg‘arishga (investitsiyalarnining qo‘shimcha o‘sishiga) qaratishdi. Boshqa 
omillar(ayniqsa texnologik taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan holatlar, ya’ni ishchi 
kuchining ma’lumot darajasi va malakasining o‘sishi, ishlab chiqarishni tashkil 
etishning yaxshilanishi hamda boshqalar) ular e’tiboridan chetda qoldi. Neoklassiklar 
bo‘sh turgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish uchun yangi ishchi kuchini 
jalb qilish hisobiga ham ishlab chiqarishning qo‘shimcha o‘sishini ta’minlash 


383 
mumkin deb hisobladilar; 
-
ikkinchidan, neokeynschilar ishlab chiqarishning kapital talabchanligi 
koeffitsenti-s (s= I / Δ Y )ni o‘zgarmas deb qaradilar. Neoklassik modellar esa ikki 
ishlab chiqarish omilini (kapital va mehnatni) hisobga olgan holda va ularning o‘zaro 
bir-birini almashtirishini (substitut ekanligini) ko‘zda tutib bu koeffitsent o‘zgarishi 
mumkinligini nazarda tutadilar. Bundan esa, ishlab chiqarishning berilgan texnik 
qurollanishi darajasida, belgilangan ishlab chiqarish hajmiga resurslarning turli 
kombinatsiyalarini qo‘llab erishish mumkin degan xulosa chiqadi; 
-
uchinchidan, neokeynschilar bozor mexanizmining muvozanatni avtomatik 
tiklash qobiliyatini etarlicha baholamadilar. Neokeynschilardan farqli ravishda, 
neoklassiklar faqatgina raqobatga asoslangan bozor tizimigina iqtisodiy o‘sishning 
balanslashganligini ta’minlashi mumkin deb hisobladilar. Ular iqtisodiy o‘sishning 
balanslashganligini ta’minlash raqobat mexanizmidan tashqari barqaror pul tizimiga 
ham bog‘liq, raqobat mexanizmi va barqaror pul tizimi bozor muvozanatini 
avtomatik tiklaydi deb hisoblashdilar. Shu sababli ular, davlatning iqtisodiyotga 
aralashuviga barqarorlikni buzuvchi omil sifatida qarab, inflatsion davlat xarajatlariga 
qarshi chiqdilar. 
Neoklassik modellar barcha iqtisodiy jarayonlarning aniq holatini qamrash 
xususiyatiga egadir. 
Birinchi neoklassik model R. Solou tomonidan 1956 yilda ”Iqtisodiy o‘sish 
nazariyasiga hissa” asarida tasvirlab berildi va so‘ngra 1957 yilda “Texnologik 
taraqqiyot va agregativ ishlab chiqarish funksiyasi” nomli asarida rivojlantirildi. 
R.Solou modeli mutanosib iqtisodiy o‘sishning zarur sharti yalpi talab va yalpi 
taklifning tengligi hisoblanadi. 
Modelda yalpi taklif Kobb-Duglasning ishlab chiqarish funksiya bilan 
ifodalangan
75
. Bu funksiya bir tomondan ishlab chiqarish hajmi va ikiinchi tomondan
foydalanilayotgan omillar hamda ularning o‘zaro kombinatsiyalari o‘rtasidagi 
funksional bog‘liqlikni aks ettiradi, ya’ni: 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin