O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə348/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   410
MIKRO MAKRO

Qisqа хulosаlаr 
IS-LM modeli tovar va pul bozorlarining o‘zaro aloqalarini va har ikki bozorda 
birgalikda muvozanat o‘rnatilishi mexanizmini izohlovchi modeldir. IS egri chizig‘i 
tovar va xizmatlar bozorida paydo bo‘ladigan daromadlar darajasi va foiz 
stavkasining kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. IS egri 
chizig‘ining har bir nuqtasida tovar pul bozorida muvozanat tarkib topadi. 
LM egri chizig‘i o‘zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari bozorida vujudga 
keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasining kombinatsiyalarini ko‘rsatadi. LM 
egri chizig‘ining har bir nuqtasida pul bozorida talab va taklif o‘zaro teng bo‘ladi. 
IS va LM egri chiziqlarining kesishuv nuqtasi har ikki bozor uchun muvozanat 
nuqtadir. Bu nuqtada asosiy makroiqtisodiy ayniyat iste’mol, investitsiya, sof eksport 
va pulga talab funksiyalari tengligini to‘liq qanoatlantiradi. 
Model unda IS va LM egri ichiziqlarining holati aks ettiradigan makroiqtisodiy 
vaziyatdan kelib chiqib makroiqtisodiy siyosat usullarning qay birini qo‘llash, yoki 
ularni muvofiqlashtirish masalalarini hal etish imkonini beradi. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
IS-LM modeli qanday maqsadga xizmat qiladi va unga ehtiyojni qanday 
asoslab berish mumkin? 
2.
IS-LM modelining asosi bo‘lgan tenglamalarni sanab bering va ularga 
tavsif bering. 
3.
IS egri chizig‘ining mohiyati nimada va qanday keltirib chiqariladi? 
4.
LM egri chizig‘ining asosiy o‘zgaruvchilari nimalardan iborat va u qanday 
keltirib chiqariladi? 
5.
IS egri chizig‘i tenglamasidagi qaysi parametr fiskal va pul kredit 
siyosatining nisbiy samaradorligini belgilaydi va nima sababli? 
6.
Modelda makroiqtisodiy siyosat yuzaga kelishining shartlari qaday? 
7.
Likvidlilik tuzog‘i qachon vaziyatda yuzaga keladi va makroiqtisodiy 
siyosatga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 
8.
“Investitsion tuzoq” atamasi qo‘llaniladigan makroiqtisodiy vaziyatni 
tavsiflab bering. 


375 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin