377
“Iqtisodiy o‘sishning intensiv tipi ishlab chiqarish samaradorligining oshishiga
bog‘liq. U foydalanilayotgan resurs birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab
chiqarishni ko‘paytirishni, ishlab chiqarishning texnik xususiyatlarini
yaxshilashni
ko‘zda tutadi. Bunday jaryonlar namoyon bo‘ladi:
fan va texnika yutuqlaridan foydalanish va ishlab chiqarishni yangilashda;
xodimlar malakasini oshirishda;
ishlab
chiqarilayotgan
mahsulot
sifatini
oshirish,
assortimentini
yangilashda”
73
.
Iqtisodiy o‘sishning bu ikki tipi sof holda ro‘y bermaydi. Iqtisodiy o‘sish uni
ta’minlashdagi intensiv yoki intensiv omillarning ulushi darajasiga qarab ko‘proq
ekstensiv, yoki ko‘proq intensiv bo‘lishi mumkin.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirib borish,
chuqur qayta
ishlangan, tayyor, qo‘shilgan qiymat hissasi yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab
chiqaruvchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish va ularning YAIM hamda mamlakat
eksportidagi ulushini ko‘paytirish muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: