O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə346/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   410
MIKRO MAKRO

30.4-rasm. Pul bozoridagi 
muvozanat grafigi 
30.5-rasm. LM egri chizig‘i 
grafigi 
LM egri chizig‘i o‘ziga xos: gorizontal va vertikal konfiguratsiyaga ega
71

71
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 321 


372 
LM egri chizig‘ining gorizontal kesmasi foiz stavkasi foiz stavkasi Rmin. 
darajadan pastga tushishi mumkin emasligini ko‘rsatadi. Egri chiziqning vertikal 
kesmasi foiz stavkasining maksimal daraja Rmax. chegarasidan tashqarida hech kim 
jamg’armalarini likvid (pul) shaklida ushlab turmaydi va ularni qimmatli qohozlarga 
aylantiradi. 
Baholarning o‘zgarishi hamda pul taklifi hajmidagi o‘zgarishlar LM egri 
chizig‘ining o‘ngga yoki chapga siljishiga olib keladi. 
LM egri chizig‘i tenglamasi pulga talab funksiyasini R va Y ga nisbatan echib 
topiladi. 
R ga nisbatan LM egri chizig‘i tenglamasi quyidagicha: 
R=(k/h)Y - (1/h) (M/P). 
Y ga nisbatan LM egri chizig‘i tenglamasi quyidagicha: 
Y = (1/k) (M/P) + (h/k) R. 
k/h koefitsenti LM egri chizig‘ining Y o‘qiga nisbatan og‘ish burchagini 
xarakterlaydi hamda fiskal va pul kredit siyosatining nisbiy samaradorligi baholaydi. 
30.5. IS-LM modelida makroiqtisodiy muvozanat 
IS-LM egri chiziqlari kesishadigan nuqta IS-LM modelidagi iqtisodiy 
muvozanat holatini ko‘rsatadi. 
Bu nuqta o‘zida shunday foiz stavkasi «R» ni va daromad darajasi «Y» ni 
aniqlaydiki, bunda tovarlar va xizmatlar bozorida talab va taklif hamda real pul 
mablag‘lariga bo‘lgan talab va ularning taklifi o‘zaro teng bo‘ladi. (30.6- rasm.) 
 
 
30.6-rasm. IS – LM modelidagi iqtisodiy muvozanat 
Bu yerda : R* -muvozanatli foiz stavkasi; Y*- muvozanatli daromad hajmi. 
IS va LM egri chiziqlarining o‘zaro kesishishi pul taklifi investitsiyalar va 
jamg‘armalarni o‘zaro tenglashtiruvchi foiz stavkasi shakllanishi uchun etarli 
ekanligini anglatadi. 


373 
IS egri chizig‘i rejalashtirilgan xarajatlarga bog‘liq bo‘lganligi uchun uning 
o‘zgarishi fiskal siyosatidagi o‘zgarishlarni xarakterlaydi. LM pul taklifiga bog‘liq 
bo‘lganligi uchun undagi o‘zgarish monetar siyosat tadbirlari natijasini ko‘rsatadi. 
Bundan xulosa shuki IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning iqtisodiyotga 
birgalikda ko‘rsatadigan ta’sirini baholash imkonini beradi. Davlat xarajatlarining 
o‘sishi yoki soliqlarning kamayishi IS egri chizig‘ini o‘ngga siljitadi. Davlat 
xarajatlarining kamayishi va soliqlarning oshishi esa bu egri chiziqni chapga siljitadi. 
Xuddi shuningdek pul taklifining oshishi LM egri chizig‘ini o‘ngga, kamayishi esa 
chapga siljitadi. IS-LM modeli ma’lum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli 
variantlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi. Bir bozorda bo‘lgan o‘zgarish 
ikkinchi bozorga ham ta’sir etadi. Masalan Markaziy bank ochiq bozordan 
obligatsiyalar sotib ola boshladi. Natijada pul taklifining ko‘payishi (LM egri 
chizig‘ini o‘ngga siljishi da aks etib) foiz stavkasining pasayishini keltirb chiqaradi. 
Monetar impuls ta’sirida, ya’ni, foiz stavkasining pasayishi oqibatida investitsiya 
xarajatlari ko‘payadi va IS egri chizig‘i ham o‘ngga siljib yangi nuqtada muvozanat 
o‘rnatiladi. 
Agar modelda muvozanati LM egri chizig‘ining gorizontal(keyns) kesmasida 
yuzaga kelsa pul massasining ko‘paytirilishi investitsiyalar, ishlab chiqarish va 
bandlilikning o‘sishiga olib kelmaydi. Bu iqtisodiy tizimda aloqalar buzilganligidan 
dalolat beradi. Bunda pul taklifining o‘sishi tovarlar bozoriga ta’sir ko‘rsata olmaydi, 
chunki pul bozorida foiz stavkasini kamaytirish imkoniyati qolmaydi. Bunday vaziyat 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   342   343   344   345   346   347   348   349   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin