O‘zbеkiston rеspublikаsi


-rasm. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə334/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   410
MIKRO MAKRO

 
28.2-rasm. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi 
Davriy 
pasayish 
bosqichida 
soliqlar 
avtomatik 
pasayishi, 
davlat 
transfertlarining oshishi natijasida budjet taqchilligi kelib chiqadi. 
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko‘payishi va davlat 
xarajatlarining kamayishi natijasida budjet ortiqchaligi paydo bo‘ladi. Davlat 
xarajatlari o‘zgarmas bo‘lgan sharoitda ham budjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud 
bo‘lishi mumkin. Davriy taqchillik va ortiqchalik miqdorlari soliq va budjet 
funksiyalari grafiklarining «tikligiga» bog‘liq. Soliq funksiyasi T ning egilish 
burchagi chegaraviy soliq stavkasi t ning miqdoriga bog‘liq. t qancha yuqori bo‘lsa T 
chizig‘i shuncha tik bo‘ladi. Davlat budjetidan beriladigan transfertlar hajmi 
o‘zgarishining daromadlar o‘zgarishiga bog‘liqligini xarakterlovchi γ koeffitsent 
qancha kichik bo‘lsa, G chizig‘i ham shuncha tik bo‘ladi. Demak daromad oshgani 
sari budjetga soliq to‘lovlari oshaveradi, budjetdan transfert to‘lovlari esa kamayadi. 


354 
Davlat xarajatlari daromadga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgarmas miqdor bo‘lganda t 
qanchalik katta bo‘lsa T chizig‘i shuncha tik va iqttisodiyotning o‘rnatilgan 
barqarorligi darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Ammo iqtisodiy o‘sishning 
ta’minlash vazifasi T va G chiziqlarini yotiqroq bo‘lishini taqozo etadi. 
O‘rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaIM hajmini , uning potensial 
hajmi darajasi atrofida tebranishi sababini to‘liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning 
har qanday darajasida mavjud bo‘lishi mumkin. 
To‘liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat 
budjetining tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to‘liq bandlik sharoitida budjet 
xarajatlari (daromadlari) va daromadlari (xarajatlari) o‘rtasidagi farq yuzaga keladi. 
Davriy taqchillik ko‘pincha davlat budjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy 
taqchillik farqi sifatida baholanadi. 
Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari: 
1.
Pul-kredit emissiyasi; 
2.
Davlat zayomlarini chiqarish
3.
Davlat budjetiga soliq tushumlarini ko‘paytirish. 
4.
Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtirish. 
Davlat budjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul 
massasini ko‘paytirish inflatsiyaga olib keladi. 
Inflatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo‘ladi. Ya’ni, soliq 
to‘lovchilar tomonidan davlatga to‘laydigan soliqlar to‘lovini atayin kechiktirish 
hollari yuzaga keladi. Bu esa davlat budjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Budjet 
taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib 
olsa-yu, lekin ular to‘lovlarni kechiktirsa, xususiy ishlab chiqaruvchilar o‘z 
mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo‘yishadi. Bu esa inflatsiyaning oshishiga 
olib keladi. 
Agar davlat budjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali 
moliyalashtirilsa, ular sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o‘z navbatida foiz 
stavkasini ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya xarajatlari,sof 
eksport hajmi va qisman iste’mol xarajatlari kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish 
samarasi ro‘y beradi va u fiskal siyosatning rag‘batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib 
qo‘yadi. 
Budjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflatsion usul 
hisoblansada inflatsiya xavfini ma’lum muddatga kechiktiradi xolos. Chunki muddati 
etgan zayomlarni sotib olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko‘paytiradi. Bu 
esa o‘z navbatida, baholar darajasining ko‘tarishiga sabab bo‘ladi. Soliq tushumlarini 
ko‘paytirish budjet taqchilligini moliyalashtirishning uchinchi yo‘li bo‘lib, u uzoq 
muddat talab etadigan soliq islohati o‘tkazilishini talab etadi. Bu islohotlar soliq 
bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, soliq yukini ishlab 
chiqaruvchilardan ko‘proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar zimmasiga 
o‘tkazish orqali soliqlar tushumini ko‘paytirishni ko‘zda tutadi. 


355 
Budjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag‘larini 
olib qo‘yish va davlat qarzlarini to‘lash kiradi. 
Davlat qarzlarini to‘lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini 
oshirib, baholar darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Shu tufayli 
budjetdagi ortiqcha mablag‘larni muzlatib qo‘yish budjet kamomadini 
pasaytirishning nisbatan noinflatsion usulidir. 
Barqarorlashtirishning dastlabki bosqichida olib borilgan izchil makroiqtisodiy 
siyosat natijasida davlat budjeti taqchilligi pasaytirildi va 2003, 2004 yillarda YaIM 
ga nisbatan 0,4 foizni tashkil etdi (1992 yilda 12%). Bu umumetirof etilgan 3 % li 
me’yordan ancha past ko‘rsatkichdir. Budjet taqchilligi asosan noinflatsion usullar 
bilan, ya’ni davlat obligatsiyalari chiqarish hamda xususiylashtirishdan tushgan 
mablag‘lar hisobiga moliyalashtirildi. 
Respublikamizda o‘tkazilayotgan soliq-budjet siyosati makroiqtisodiy 
barqarorlikni ta’minlab turish, ustivor tarmoqlarni investitsiyalash, ta’lim sohasini 
jadal rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadlariga qaratilib kelinmoqda. 
Mamlakatmizda kuzatilayotgan makroiqtisodiy barqarorlik muhim begilaridan 
biri davlat budjetining profitsit bilan bajarilayotganligi hisoblanadi. Xususan, keyingi 
yillarda davlat budjeti taqchillik bilan rejalashtirilayotgan bo’lsa-da, soliqlar bo’yicha 
prognoz ko’rsatkichlarni ortig’i bilan bajarilishi hamda davlat budjeti xarajatlarini 
manzili va maqsadli sarflanishini ta’minlanishi natijasida budjet profitsit bilan ijro 
etilmoqda. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin