371
o‘z navbatida iste’mol va boshqa xarajatlar uchun pulga talabni oshishiga olib keladi.
Shunday qilib, daromadlar darajasining yuqoriroq bo‘lishi pul talabini oshiradi.
Boshqacha
aytganimizda, daromad va pulga talab dinamikasi o‘rtasida to‘g‘ri
bog‘liqlik mavjud.
Pulga talab funksiyasini quyidagicha yozamiz:
M/R= L(R;Y)
Pul bozori holatini belgilovchi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bunday o‘zaro
munosabatlarni 30.4-, 30.5 rasmlarda tasvirlaymiz.
30.4-rasmdan ko‘rinib turibdiki, pulga bo‘lgan talab,
foiz stavkasi pasayishi
bilan, shuningdek, daromadlar ko‘payishi natijasida ham oshadi.
Daromadlarning
oshishi natijasida pulga talab egri chizig‘i Md1 yuqori surilib, Md2 holatini egallaydi
va unda pul bozoridagi muvozanat nuqtasi, r1 holatidan r2 holatiga o‘tadi.
Shunday qilib, yuqoriroq daromad yuqoriroq foiz
stavkasiga olib keladi va
buni LM egri chizig‘i aks ettiradi. U pul bozorida foiz stavkasi va daromad
o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rgazmali tarzda ifodalaydi.
Daromad darajasi qancha
baland bo‘lsa, pulga bo‘lgan talab shuncha yuqori va shunga muvofiq muvozanatli
foiz stavkasi ham shuncha yuqori bo‘ladi.
LM egri chizig‘i o‘ziga xos konfiguratsiyaga ega: gorizantal qism va vertikal
qism. LM egri chizig‘ining gorizantal qismi foiz stavkasi R ning minimal darajasidan
pasaya
olmasligini anglatsa, vertikal qism foiz stavkasi R ning maksimal darajasi
chegarasidan tashqarida hech kim o‘z mablag‘larining likvid (pul)
shaklida ushlab
turmasligini va ularni qimmatli qog‘ozlarga aylantirishini anglatadi.
Dostları ilə paylaş: