373
IS egri chizig‘i rejalashtirilgan xarajatlarga bog‘liq bo‘lganligi uchun uning
o‘zgarishi fiskal siyosatidagi o‘zgarishlarni xarakterlaydi. LM pul taklifiga bog‘liq
bo‘lganligi uchun undagi o‘zgarish monetar siyosat tadbirlari natijasini ko‘rsatadi.
Bundan xulosa shuki IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning iqtisodiyotga
birgalikda ko‘rsatadigan ta’sirini baholash imkonini beradi. Davlat xarajatlarining
o‘sishi yoki soliqlarning kamayishi IS egri chizig‘ini o‘ngga siljitadi. Davlat
xarajatlarining kamayishi va soliqlarning oshishi esa bu egri chiziqni chapga siljitadi.
Xuddi shuningdek pul taklifining oshishi LM egri chizig‘ini o‘ngga, kamayishi esa
chapga siljitadi. IS-LM modeli ma’lum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli
variantlarni ko‘rib chiqish imkoniyatini beradi. Bir bozorda bo‘lgan o‘zgarish
ikkinchi bozorga ham ta’sir etadi. Masalan Markaziy bank ochiq bozordan
obligatsiyalar sotib ola boshladi. Natijada pul taklifining ko‘payishi (LM egri
chizig‘ini o‘ngga siljishi da aks etib) foiz stavkasining pasayishini keltirb chiqaradi.
Monetar impuls ta’sirida, ya’ni, foiz stavkasining pasayishi oqibatida investitsiya
xarajatlari ko‘payadi va IS egri chizig‘i ham o‘ngga siljib yangi nuqtada muvozanat
o‘rnatiladi.
Agar modelda muvozanati LM egri chizig‘ining gorizontal(keyns) kesmasida
yuzaga kelsa pul massasining ko‘paytirilishi investitsiyalar, ishlab chiqarish va
bandlilikning o‘sishiga olib kelmaydi. Bu iqtisodiy tizimda aloqalar buzilganligidan
dalolat beradi. Bunda pul taklifining o‘sishi tovarlar bozoriga ta’sir ko‘rsata olmaydi,
chunki pul bozorida foiz stavkasini kamaytirish imkoniyati qolmaydi. Bunday vaziyat
Dostları ilə paylaş: