31–bob. IQTISODIY O‘SISHNING UMUMIY TAVSIFI VA NEOKEYSNSCHA MODELLARI 31.1. Iqtisodiy o‘sish tushunchasi va o‘lchanishi Iqtisodiy o‘sish to‘liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potensial ishlab chiqa-
rish darajasini uzoq muddatli ko‘payishi tendensiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o‘sish yalpi taklifning o‘sishini yoki boshqacha aytganimizda,
haqiqiy va potensial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‘sish
muammosini o‘rganish natijasida real ishlab chiqarish tizimi duch keluvchi -
cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammosiga echim topiladi.
Demak, iqtisodiy o‘sish omillari va ular samaradorligini o‘rganish hamda tahlil
qilish jamiyat oldidagi eng dolzarb muammolardan biridir.
Iqtisodiy o‘sish nafaqat mamlakat real daromadlarining o‘sishi, shuningdek,
jon boshiga to‘g‘ri keladigan real daromadlarning o‘sishini ham anglatadi. Shu
sababli ham iqtisodiy o‘sish ikki xil usul bilan o‘lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o‘sish real YaIM ni o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi
sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini
aniqlash uchun ishlatiladi.
Bunda joriy yildagi real YaIM (Yt) hajmining bazis yildagiga (Yt-1) (asosan
oldingi yilga) nisbatan foiz ko‘rinishidagi o‘sishi aniqlanadi:
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‘sish aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan real YaIM
ning o‘tgan davrga nisbatan o‘zgarishi sifatida aniqlanadi.
Iqtisodiy o‘sish nazariyasi va modellarida YaIM o‘rniga SIM, YaMD, SMD
ko‘rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtisodiy o‘sish
daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‘linishiga bog‘liq
deb qaraladi.
Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard maqsadini va yashash
darajasi
oshishini
bildirsa,
investitsiyalar
hajmining
o‘zgarishi
resurs
imkoniyatlarining o‘sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi.
Iste’mol va investitsiya o‘rtasida etarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy iste’mol
miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish iqtisodiy
o‘sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Iqtisodiy o‘sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‘lchanadi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o‘sishga intiladi, chunki iqtisodiy o‘sish,
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‘payishiga, ikkinchidan,
resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va
Y
t
Y= ------------ x 100
Y
t-1
376
imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga, to‘rtinchidan, xalqaro bozorlarda mamlakat
obro‘sining oshishiga olib keladi.