95
ularning narxlari nisbatiga teng bo‘lsa, ya’ni muvozanatlik sharti (S) bajarilsa.
Ikkinchi shart - iste’molchining daromadi to‘liq sarflansa (
R
X
P
X
P
2
2
1
1
tenglik
bajarilsa). Agar
MRS
har doim narxlar nisbatidan yuqori yoki pastda bo‘lsa, u holda
iste’molchi o‘z nafligini faqat bitta tovar sotib olish bilan maksimallashtiradi.
Yuqoridagi shartlarga asoslangan holda iste’molchining tanlovi masalasining
echilishi, talab funksiyasini oshkora ko‘rinishda olishga imkon yaratadi. Ikkita
ne’mat uchun quyidagi iste’molchi tanlovi masalasini qarab chiqamiz.
Naflilik funksiyasi:
max
,
2
1
2
1
X
X
X
X
TU
,
R
X
P
X
P
2
2
1
1
,
0
,
0
2
1
X
X
.
Optimallik shartidan
2
1
1
X
MU
X
U
;
1
2
2
X
MU
X
U
;
2
1
1
2
P
P
X
X
.
Bu munosabatdan ne’matlarga sarflanadigan mablag‘lar teng bo‘lishi kerak:
1
1
2
2
P
X
P
X
,
1
2
1
2
X
P
P
X
,
Bu munosabatni byudjet chizig‘i tenglamasiga qo‘yib
R
X
P
P
P
X
P
1
2
1
2
1
1
birinchi ne’mat uchun talab funksiyasini aniqlaymiz:
1
1
2
P
R
X
va ikkinchi
ne’mat talab funksiyasi aniqlanadi:
2
2
2
P
R
X
.
Qisqa xulosalar
Naflilik, narx va daromad - iste’molchi tanlovining asosini tashkil etadi.
Ne’matning nafliligi
- ne’matning insonning bir yoki bir nechta ehtiyojini
qondira olish xususiyatidir.
Umumiy naflilik
biror ne’matdan
ketma-ketlikda
iste’mol qilib borilganda ulardan olingan jami naflilik yig‘indisini ifodalaydi va u
o‘sib borish xususiyatiga ega. Shu bilan birga iste’mol to‘yingan sharoitda umumiy
naflilik o‘zining maksimal qiymatiga erishadi.
Chekli naflilik
ne’matdan
qo‘shimcha bir birlik iste’mol qilish natijasida olinadigan qo‘shimcha naf miqdorini
ifodaladi.
Biror ne’matdan qo‘shimcha bir birlik iste’mol qilganda (boshqa ne’matlar
iste’moli hajmi o‘zgarmaganda), qo‘shimcha iste’mol
qilingan birlik oldingisiga
nisbatan kamroq naf beradi va uning bu xususiyatiga
chekli naflilikning kamayish
qonuni
deyiladi.
Befarqlik egri chizig‘i
- bu iste’molchi uchun bir xil naf beruvchi ne’matlar
kombinatsiyalarini ifodalaydi. Befarqlik egri chiziqlari majmuasi
befarqlik egri
chiziqlari kartasi
ni hosil qiladi.
Ne’matlarning bir-birini o‘rnini bosishi zonasi
deb - bir ne’matni ikkinchi
ne’mat bilan samarali almashtirish mumkin bo‘lgan oraliqga aytiladi.
96
Byudjet chizig‘i
tovarlar narxiga va iste’molchining daromadiga asoslanadi va
u mavjud pul mablag‘lari chegarasida iste’mol uchun qanday tovarlar majmuasini
xarid qilish mumkinligini ko‘rsatadi.
Iste’molning optimal (muvozanat) nuqtasida befarqlik egri chizig‘i byudjet
chizig‘iga urinib o‘tadi. Muvozanatlik shartiga ko‘ra, iste’molchi
daromadini
shunday taqsimlaydiki, natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi
(oxirgi so‘m, oxirgi dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin.
Agar shunday
bo‘lmasa, iste’molchi kamroq chekli naf beradigan oxirgi so‘mini, ko‘proq chekli naf
beradigan ne’matga qayta taqsimlashi mumkin bo‘ladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
Iste’molchi tanlovini bozor sharoitida qaysi omillar belgilaydi?
2.
Umumiy va chekli naflilik deganda nimani tushunasiz?
3.
Naflilik funksiyasi nimani ifodalaydi?
4.
Biror ne’matni ketma-ket iste’mol qilinganda maksimal naflilikka erishish
sharti qanday?
5.
Chekli naflilikning kamayish qonuni asosida nima yotadi?
6.
Befarqlik egri chizig‘i va ne’matlarni bir-birini o‘rnini bosishi zonasi nimani
ifodalaydi?
7.
Byudjet chizig‘i va byudjet tenglamasi nimani ifodalaydi?
8.
Iste’molchining muvozanatlik shartini izohlab bering.
Dostları ilə paylaş: