97
7-bob. DAROMAD VA ALMASHTIRISH SAMARASI
7.1. “Daromad-iste’mol chizig‘i” tahlili
Daromadning o‘zgarishi byudjet chizig‘ini o‘ziga parallel ravishda surilishiga
olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o‘zgarmaydi. Daromad oshganda,
byudjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga suriladi, kamayganda pastga-chapga suriladi. Xuddi
shunday siljishlar ne’matlar narxi bir xil o‘zgarganda ham sodir bo‘ladi. Narxlarning
pasayishi real daromadni oshiradi, natijada byudjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga suriladi.
Xuddi shunday narxlarning o‘sishi, real daromadni kamaytiradi - byudjet chizig‘i
pastga-chapga suriladi.
Real daromadning o‘sishi natijasida byudjet chizig‘i
n
A
A
A
A
,...,
,
,
3
2
1
holatlarga ketma-ket suriladi (7.1-rasm).
7.1-rasm. “Daromad-iste’mol” chizig‘i
Daromadlarning o‘zgarishiga mos ravishda iste’molchining yangi holatdagi
muvozanat nuqtalari o‘rnatiladi:
n
E
E
E
E
,...,
,
,
3
2
1
. Ushbu muvozanat nuqtalarini
tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj. Xiks “
daromad-iste’mol
” chizig‘i deb
atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda “
turmush darajasi
chizig‘i
” deb ham ataladi.
Agar “daromad-iste’mol” chizig‘i koordinata boshidan 45
0
burchak ostidagi
to‘g‘ri chiziqdan iborat bo‘lsa, daromadning o‘sishi, iste’molchining iste’mol
qiladigan ne’matlari bir xil nisbatda o‘sadi. Agar iste’molchi ne’matlarni har xil
nisbatda xarid qilsa,
Dostları ilə paylaş: