106
Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya’ni faraz qilish yo‘li orqali aniqlash
mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida etib
kelmaslik ehtimoli faraz
qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga tajribasiga
asoslanadi. Nima uchun deganda, ushbu voqeaning takrorlanishi to‘g‘risida statistik
ma’lumotlar yo‘q. Ehtimol sub’ektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil
insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi.
Yuqoridagi misolda voqeaga ta’sir qiluvchi tasodifiy omillar ko‘p
va ularni
hammasini bartaraf qilish mumkin emas. Bundan tashqari, bu yerda teng ehtimolli
alternativ variantlarning o‘zini yo‘qligi ehtimolni matematik
hisob-kitoblar orqali
aniqlashga imkon bermaydi.
Birinchi turdagi ehtimolni ob’ektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kamroq
uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimol sub’ektiv ehtimol bo‘lib, biznesga xosdir. Ham
ob’ektiv va ham sub’ektiv ehtimollar tavakkalchilik
darajasini ifodalashda va
tanlashda foydalaniladi. Ob’ektiv ehtimol o‘rtacha qiymatni aniqlashga yordam
bersa, sub’ektiv ehtimol olinishi mumkin bo‘lgan natijalarning o‘zgaruvchanlik
mezonini aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror
voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini va bu oqibatlarning
ehtimolini bilish kerak bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: