104
kamayadi. Bordiyu talab birlik elastiklikka ega bo‘lsa,
narx oshganda ham,
oshmaganda ham iste’molchining tovar sotib olishga sarfi o‘zgarmaydi.
Qisqa xulosalar
Daromadning o‘zgarishi byudjet chizig‘ini o‘ziga parallel
ravishda surilishiga
olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o‘zgarmaydi.
Daromad oshganda,
byudjet chizig‘i o‘ngga-yuqoriga suriladi, kamayganda pastga-chapga suriladi.
Daromadlarning o‘zgarishiga mos ravishda iste’molchining
yangi holatdagi
muvozanat nuqtalari o‘rnatiladi. Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni
amerikalik olim Dj. Xiks “
daromad-iste’mol
” chizig‘i deb atadi va bu chiziq ilmiy
adabiyotlarda “
turmush darajasi
chizig‘i
” deb ham ataladi.
Real daromad oshishi bilan birlamchi ehtiyoj ne’matlariga talab qisqarib borib,
ikkilamchi ehtiyoj ne’matlariga talab oshib borishi isbotlangan. Nemis olimi Ernst
Engel (1821-1896) birinchi bo‘lib daromad o‘zgarishining iste’mol tarkibiga ta’sirini
tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o‘zgarishini
ifodalovchi
chiziqlar,
Engel egri chiziqlari
deyiladi
Daromad samarasi
- bu ne’mat narxi o‘zgarishi (almashish samarasi hisobga
olinmaganda) natijasida real daromad o‘zgarishining iste’molchi talabiga ta’siridir.
Daromad samarasi iste’molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko‘rsatadi va
u bir byudjet chizig‘idan boshqa byudjet chizig‘iga iste’molchining optimal
tovarlar
majmuasiga o‘tishini aks ettiradi.
Almashish samarasi
- bu naflik darajasi o‘zgarmaganda,
tovarlar narxi
o‘zgarishi munosabati bilan iste’mol tovarlariga talab tarkibining o‘zgarishidir.
Almashish samarasi
X
ne’mat narxini o‘zgarishi natijasida
Y
ne’matni qo‘shimcha
X
ne’mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizig‘i
1
TU
bo‘yicha bo‘ladi.
Muvozanatlik shartiga ko‘ra, iste’molchi daromadini shunday taqsimlaydiki,
natijada tovarlarning har biriga sarflangan oxirgi pul birligi (oxirgi so‘m,
oxirgi
dollar, oxirgi rubl) bir xil chekli naf keltirsin. Agar shunday bo‘lmasa, iste’molchi
kamroq chekli naf beradigan oxirgi so‘mini, ko‘proq chekli naf beradigan ne’matga
qayta taqsimlashi mumkin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: