O‘zbеkiston rеspublikаsi


Tavakkalchilikni (yo‘qotishlarni) pasaytirish



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə112/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   410
MIKRO MAKRO

8.3. Tavakkalchilikni (yo‘qotishlarni) pasaytirish 
 
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya
sug‘urtalash, tavakkalchilikni birlashtirish, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot 
izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va boshqalar. 
Diversifikatsiya
usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, 
ya’ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bog‘liq bo‘lishi 
boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo‘ladigan tavakkalchilikni 
kamaytirishga olib keladi. 
Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma’lumki, bir vaqtning 
o‘zida ikkala mahsulot turiga bo‘lgan talabning kamayib ketish ehtimoli, ulardan 
bittasiga bo‘lgan talabni kamayib ketish ehtimolidan yuqori. Ko‘p hollarda bir turdagi 
mahsulotga bo‘lgan talab kamayganda ikkinchi turdagi mahsulotga bo‘lgan talab 
oshadi. quyidagi 8.3-jadvalda ikki turdagi mahsulotdan olinadigan daromadlar 
keltirilgan. 
8.3- jadval 
Tovarlarni sotishdan tushgan daromad 
Tovarlar turi 
Yoz fasli 
Qish fasli 
1-tur (muzqaymoq) 
150 mln. so‘m 
5 mln. so‘m 
2-tur (kofe va issiq choy) 
50 mln. so‘m 
120 mln. so‘m 
Manba: shartli raqamlar 
Firma o‘z ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib yoz oyida ikkinchi tur tovar 
hisobidan yo‘qotadigan daromadini birinchi tur tovarni ko‘proq sotish hisobidan 
qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yo‘qotishlar ikkinchi tovar hisobidan 
qoplanadi. Ko‘rinib turibdiki firma diversifikatsiya yo‘li bilan tavakkalchilikni 
kamaytirdi. Lekin, diversifikatsiya tavakkalchilikni to‘liq yo‘qotmaydi, u faqat 
kamaytiradi xolos. 
Tavakkalchiliklarni qo‘shish
- ushbu usul tasodifiy yo‘qotishlarni o‘zgarmas 
xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan. Ma’lumki, 
mulkning o‘g‘irlanishi, shaxsning kasal bo‘lib ishga chiqmasligi, tabiiy ofatlarning 
bo‘lishi tasodifiy bo‘lib ular juda katta xarajatlarga olib kelishi mumkin. Ushbu 
noxush hodisalarning oqibatlarini kamaytirishda sug‘urtaning ahamiyati katta.
O‘zbekistonda ham hozirgi vaqtda ko‘pgina insonlar o‘z hayotlarini, mulkini 
sug‘urtalaydilar. Sug‘urta ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun respublikada maxsus 
qonunlar ishlab chiqilgan va bir qator davlat va nodavlat sug‘urtalash firmalari 
faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Sug‘urtalashda tavakkalchilikni qo‘shish samaradorligi shu bilan belgilanadiki, 
sug‘urtalangan shaxslarning tavakkalchiligi bir-biriga bog‘liq bo‘lmasligi kerak. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin