113
bo‘ladi. Ushbu holatda yaxshi avtomobilni ham, yomon avtomobilni ham sotib olish
ehtimoli 50 foizga teng.
Biroq sotuvchilar o‘zlarining avtomobili
sifatini yaxshiroq biladi, xaridorlar
bunday axborotga ega emaslar. Yaxshi mashina sotuvchilarni 4000 doll. narx
qanoatlantirmaydi. Yomon mashina sotuvchilarni esa 4000 doll. narx qanoatlantiradi
va bu narx ular kutgan narxdan ancha yuqori.
Bozorda asimmetrik axborot bo‘lgan sharoitda
avtomobil bozoridagi narx
avtomobil sifati to‘g‘risida to‘liq axborotni bermaydi,
natijada bozordagi savdo-
sotiqlarni noratsional bo‘lishiga olib keladi. Yaxshi avtomobil egalari o‘z
avtomobillarini 4000 dollarda sotishdan voz kechadilar. Oqibatda yaxshi
avtomobillar taklifi kamayadi. Yomon avtomobillar narxi yuqori bo‘lgani uchun,
ularning taklifi oshadi. Bunday holatda yaxshi avtomobil olish ehtimoli 50
foizdan
nolga tushib ketadi
Sug‘urtalash bozori.
Sug‘urtalash bozorida
ham avtomobillar bozoridagi
holatni kuzatish mumkin. Sug‘urta qilinadigan shaxs o‘zining sug‘urta ob’ekti
to‘g‘risida sug‘urtalovchiga qaraganda ko‘proq axborotga ega. Shuning uchun ham,
bu
yerda zaifroq, sog‘ligi yaxshi bo‘lmagan shaxslar ko‘proq sug‘urta kompaniyasi
xizmatidan foydalanishga harakat qiladilar. Ushbu holat sug‘urta
kompaniyalarini
sug‘urta narxini oshishiga olib keladi va yuqori sug‘urta narxi o‘z navbatida sog‘ligi
yaxshi bo‘lgan shaxslarni sug‘urtalashga bormasligini kuchaytiradi.
Dostları ilə paylaş: