Ma’naviy tavakkalchilik (yo‘qotish) - yo‘qotishlar sug‘urta kompaniyasi
tomonidan to‘liq qoplanishiga ishonib vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlar
ehtimolini ongli ravishda oshirishga intiluvchi shaxslarning hatti-harakati.
Insonlar o‘z hayotini, mulkini sug‘urtalagandan keyin, o‘zining hayotiga,
mulkining saqlanishiga ko‘pincha befarq qaray boshlaydilar. Ular sug‘urtalashgacha
qilinadigan ehtiyot-choralarni bajarmay qo‘yadilar. Bunday holat tavakkalchilikni
kuchaytiradi va inson o‘zini sug‘urta qilgan voqea-hodisalarning sodir bo‘lish
ehtimolini oshishiga olib keladi.
Ba’zi bir nopok insonlar yuqori sug‘urta haqi olish maqsadida, ongli ravishda
o‘zining eski uyini yoqadi, mulkini yaroqsiz holatga keltiradi va hatto o‘z
qarindoshlarini o‘ldirishgacha boradilar.
Ma’naviy yo‘qotishlarni quyidagi yo‘llar orqali kamaytirish mumkin:
̶
sug‘urtalanadigan shaxslarni yaxshiroq tekshirish, mijozlarni yo‘qotishlari
bo‘yicha klassifikatsiya qilish asosida sug‘urta badalini differentsiatsiyalash (ya’ni,
yo‘qotishi yuqori bo‘lgan shaxs uchun yuqori sug‘urta badali belgilash);
̶
yuqori yo‘qotishga ega bo‘ladigan shaxslar bilan sug‘urta shartnomasini
tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil haydaydigan shaxslar);
̶
yo‘qotishni qisman qoplash sharti bilan sug‘urtalash.
Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo‘qotish yo‘llari. Bozor signallari . Bozorda sotiladigan tovar to‘g‘risida, tovarni ishlab
chiqaruvchi firmaning nomi to‘g‘risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi,
firmaning obro‘i, tovar sifati va kafolati to‘g‘risidagi axborotlar bozor signallari
bo‘lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi.
114
Masalan, siz sotib olmoqchi bo‘lgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab
chiqaradigan firmaning mahsuloti bo‘lsa, siz mahsulotni yo‘qotishsiz sotib olasiz.