O‘zbеkiston rеspublikаsi


Tavakkalchilikni taqsimlash



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   410
MIKRO MAKRO

Tavakkalchilikni taqsimlash
- ushbu usulga ko‘ra zarar ko‘rish ehtimoli bilan 
bog‘liq bo‘lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub’ektlar o‘rtasida shunday 


112 
taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub’ektning kutiladigan yo‘qotishi nisbatan kichik 
bo‘ladi. 
Ushbu usuldan foydalangan holda yirik moliya kompaniyalari katta 
masshtabdagi loyihalarni va ilmiy izlanishlarni tavakkalchilikdan qo‘rqmasdan 
moliyalashtiradilar. 
Axborot bilan ta’minlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun 
deganda, axborotning yetishmasligi noto‘g‘ri qaror qabul qilishga olib keladi. Hozirgi 
vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo‘lib, uni olish uchun haq to‘lash 
kerak, ya’ni axborot olish xarajat bilan bog‘liq, ba’zi axborotlar nihoyatda qimmat 
turadi. Shuning uchun ham kerakli bo‘lgan axborotdan qancha olish kerak deganda, 
uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib ko‘rish kerak bo‘ladi. 
Asimmetrik axborotlashgan bozor. 
Asimmetrik axborot - bu shunday 
holatki, bozordagi bozor sub’ektlari o‘rtasida bo‘ladigan savdo-sotiqda ularning bir 
qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas. 
Bozordagi tovarlarni taqsimlanishi optimal bo‘lishi tovarlar narxi va tovar 
to‘g‘risida qanchalik to‘g‘ri axborot berishi bilan bog‘liq. Raqobatlashgan bozorni 
qaraganimizda biz axborotni simmetrik ravishda taqsimlangan, ya’ni sotuvchilar va 
sotib oluvchilar axborot bilan to‘liq ta’minlangan, deb faraz qilgan edik. Bunday 
holatda narxlar sotiladigan ne’matlarning alternativ xarajatlari to‘g‘risida to‘liq 
axborot beradi. Aniq va to‘liq axborotning bo‘lishi bozordagi ne’matlarning optimal 
taqsimlanishiga yordam beradi. Lekin, bozorda ahvol butunlay boshqacha. 
Sotuvchilar o‘z tovarlari sifatini yaxshi bilsada, ushbu axborotni xaridordan 
yashiradi. Xuddi shunday xaridorlar ham o‘zlarining bozordagi hatti-harakatlarini 
yashirib, har xil yo‘l bilan savdo-sotiqda bir tomonlama yutuqqa erishishga harakat 
qiladi. Bozor narxi o‘zida juda ko‘p axbortni mujassamlashtiradi. Ushbu axborotni 
bozor qatnashchilari qancha to‘liq bilsa, savdo-sotiq ikki tomon uchun shuncha 
samarali bo‘ladi, ya’ni ikki tomon ham maksimal foyda ko‘radi. Yuqoridagidan kelib 
chiqib aytish mumkinki, bozorda axborotlar asimmetrik (to‘liq) bo‘lmaganligi uchun 
bozor mexanizmi ham etarli darajada mukammal emas. 
Bozor iqtisodiyoti shakllangan dastlabki davrlarda “iste'molchi ehtiyot 
chorasini ko‘rsin (caveat venditor)” qoidasi amalda bo‘lgan. Ya'ni sotuvchilar 
tovarning faqat sifati bilan bog‘liq cheklangan xarakteristikasiga javob bergan. 
Hozirgi kunda “sotuvchi ehtiyot chorasini ko‘rsin (caveat emptor)” qoidasi kirib 
keldi, ya'ni sotuvchi tovarning sifatsizligi yoki xaridorga yetkazgan moddiy va 
ma'naviy zarari uchun tovon puli to‘lashi kerak 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin