9-bob. FIRMA VA UNING TASKILIY-IQTISODIY ASOSLARI 9.1. Firma tushunchasi va uning turkumlanishi Bozor xo‘jaligining asosiy elementlaridan biri firma hisoblanadi. Ammo
amaliyotda ko‘pincha korxona so‘zi ko‘p ishlatiladi. Eng avvalo korxona va firma
so‘zlarining terminologik farqlarini ko‘rib chiqsak.
1. Korxona – bu zavod, fabrika, ferma va boshqa ko‘rinishdagi tashkilot bo‘lib,
u asosan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish hamda taqsimlash bilan shug‘ullanadi.
2. Firma esa, egaligida alohida mol-mulki bo‘lgan va o‘ziga qarashli bo‘lgan
korxonada (korxonalarda) mustaqil xo‘jalik faoliyatini amalga oshiradigan yuridik
tashkilotdir. Firma maksimal foyda olish va iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish
maqsadida resurslarni birlashtiradi.
Firma tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining
2012 yil 3 mayda qabul qilingan yangi tahrirdagi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining
kafolatlari
to‘g‘risida”gi
qonunining 3-moddasida “Tadbirkorlik faoliyati”
tushunchasiga quyidagicha ta'rif beriladi: “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) –
tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga
oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda)
olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat” hisoblanadi.
Firmalarni turli mezonlar bo‘yicha turkumlash mumkin (9.1-rasm):
1. Huquqiy mаqоmi bo‘yichа: -
jismоniy shахs;
-
yuridik shахs.
2. Mulkchilik shаkli bo‘yichа: -
хususiy mulk egаligidа;
-
hаmkоrlik mulkidа;
-
kоrpоrаtiv mulkdа.
3. Bаnd bo‘lgаn хоdimlаr sоni bo‘yichа: -
yakkа tаdbirkоr;
-
mikrоfirmа;
-
kichik kоrхоnа;
-
yirik kоrхоnа.