O‘zbеkiston rеspublikаsi



Yüklə 5,34 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/410
tarix22.12.2023
ölçüsü5,34 Mb.
#190105
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   410
MIKRO MAKRO

Korporasiya
biznesni mulk egalaridan aajratilgan tashkiliy-huquqiy shakli 
hisoblanadi. Korporasiya (aksiyadorlar jamiyati) ishtirokchilari uning majburiyatlari 
bo‘yicha javob bermaydilar va korporasiya faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun 
o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Korporasiya uning 
mulkdorlaridan alohida yuridik shaxs maqomidagi firma hisoblanadi. 
Korporasiya - mulkiy paylarga (aksiyalarga) asoslangan firmadir. Korporasiya 
aksiyalarini xarid qilgan shaxslar uning mulkdorlari sanaladi. Korporasiya - mulk 
egalaridan birining (bir nechtasining) o‘limi yoki aksiyalarini sotishi, yangi 
aksiyadorlarning vujudga kelishi korporasiya faoliyatining to‘xtashiga olib kelmaydi. 
Agar aksiya egalariga korporasiya yuritayotgan siyosat yoqmasa, u o‘ziga tegishli 
bo‘lgan aksiyani istagan ochiq bozorda boshqa shaxslarga sotishi mumkin, ammo 
kompaniya tugatilmaydi.
Korporasiyaning mulki uning aksiyadorlari o‘rtasida aksiyalar ko‘rinishida 
taqsimlangan. Korporasiyaning foydasi uning aksiyadorlari o‘rtasida dividend 
ko‘rinishida taqsimlanishi yoki korporasiyani rivojlantirish uchun taqsimlanmagan 
foyda ko‘rinishida qoldirilishi mumkin. 
Korporasiyaning afzalliklari: 
- korporasiya biznesni tashkil etishning ancha mukammal shakli bo‘lib, 
yirikligi va faoliyat doirasining kengligi bilan xarakterlanadi; 
- korporasiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiya va obligasiyalarini sotish 
orqali ko‘plab uy xo‘jaligi egalarining mablag‘larini jamlash va ishlab chiqarishni 
kengaytirishga sarflash imkoniyatiga ega bo‘ladilar; 
- korporasiya uchun cheklangan javobgarlik xosdir, ya'ni uning mulkdorlari 
(aksiyadorlar) faqatgina sotib olingan aksiyalar qiymatiga mos bo‘lgan miqdorda 
tavakkalchilik qiladilar (kreditorlar korporasiya mulkdorlari shaxsiy mulkiga emas, 
yuridik shaxs sifatida korporasiyaning o‘z mulkiga da'vo qo‘zg‘atishi mumkin); 


123 
- korporasiya hajmining kattaligi inson resurslaridan foydalanishda chuqur 
ixtisoslashuvni ta'minlash va ko‘proq samaradorlikka erishishga yo‘l ochadi; 
- korporasiya mulkdorlardan alohida yuridik shaxs bo‘lgani sababli 
mulkdorlardan biri yoki bir nechtasi aksiyalarini sotish orqali firmadan chiqishi uning 
faoliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi, shu tufayli u barqaror rivojlanish xususiyatiga ega. 

Yüklə 5,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   410




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin